Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda O‘zbekistonda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
O‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 79 554 kishiga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanganlarning 18 816 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 2024 yilda bu raqam 20 659 nafarni tashkil qilgandi. Sodir etilgan jinoyatlar ulushida firibgarlik, YTH sodir etish, o‘g‘rilik, narkojinoyat yuqoriligicha qolmoqda.
Foto: Shutterstock
2025 yilda O‘zbekistonda 18 816 nafar shaxs sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 79 554 kishiga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 422 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.
2025 yilda sudlangan shaxslar soni 63 340 nafarni tashkil etgan. Shundan 18 816 kishiga ozodlikdan mahrum qilish va 43 531 kishiga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. 993 nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Sudlangan shaxslarning 55 829 tasi erkak, 7 511 tasi ayol, 23 973 nafari yoshlar (2 431 tasi voyaga yetmagan) va 2 830 tasi 60 yoshdan oshgan shaxslar.
8 085 kishi ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan. 15 992 nafar shaxsga nisbatan esa dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.
Shuningdek, 86 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 35 572 kishi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, 11 421 kishining jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan.
Ko‘rilgan ishlarning aksariyatini quyidagi jinoyatlar tashkil qilmoqda:
- firibgarlik;
- transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish;
- o‘g‘rilik;
- giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar;
- o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
- hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish;
- giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish;
- qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash;
- taqiqlangan ekinlarni yetishtirish;
- qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.
Yarashuv institutining samarali qo‘llanishi natijasida 13 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Yuqori instansiya sudlari tomonidan (apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida) 23 207 nafar shaxsga nisbatan 18 801 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Ularda 892 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 4 571 kishiga chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.
Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa taftish tartibida 1 072 nafar shaxsga nisbatan 915 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Ularda 325 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, 213 kishiga quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Ularning 20 659 nafariga ozodlikdan maxrum qilish, 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. Oqlanib, reabilitatsiya qilinganlar soni esa 723 nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
14:02 / 12.11.2025
RFda diversiyalar uchun jinoiy javobgarlik 14 yoshdan joriy etiladi
18:22 / 10.11.2025
Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etiladi
14:08 / 29.10.2025
Shvetsiyada 13–14 yoshlilar uchun hibs markazlari joriy etiladi
20:47 / 29.09.2025