O‘zbekiston | 08:45
705
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati: 2025 yil ko‘rsatkichlari

2025 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 79 554 nafar shaxsga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. 422 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Foto: Kun.uz

2025 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 79 554 nafar shaxsga nisbatan 63 177 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Shu davrda 422 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlarining salmoqli qismi Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati, Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Namangan viloyatida ko‘rilgan.

Sudlanganlar soni 63 340 nafarni tashkil etgan. Shundan 18 816 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 43 531 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. 993 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Shuningdek, 8 085 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangani sabab sud zalida qamoqdan ozod qilingan. 15 992 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan.

Qayd etilishicha, 86 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha 35 572 nafar shaxs muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 11 421 nafar shaxsning jazosi esa yengilrog‘i bilan almashtirilgan. Yarashuv instituti qo‘llanilishi natijasida 13 224 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Bundan tashqari, Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish tartibida 1 072 nafar shaxsga nisbatan 915 ta jinoyat ishini ko‘rib chiqqan. Unda 213 nafar shaxs bo‘yicha quyi sud qarorlari bekor qilingan, 325 nafar shaxs bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid