Jamiyat | 19:58 / 31.01.2026
739
1 daqiqa o‘qiladi

Qator hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

FVV tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.

Foto: Sputnik / Ovchinnikov

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 31 yanvar va 1-3 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, shu jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shaxrisabz tumanlari;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

FVV tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘ragan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid