Sog‘lom hayot | 07:21
1713
2 daqiqa o‘qiladi

Saratondan o‘lim nega ko‘paydi? 1980–2021 yillardagi dinamika

Saraton - dunyoda o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biri. Infografikada 1980 yildan 2021 yilgacha saratondan o‘lim ko‘rsatkichlari qanday o‘zgargani ko‘rsatilgan.

So‘nggi qirq yilda saratondan o‘lim taxminan ikki baravar oshgan. Bu jamiyat onkologik kasalliklarga qarshi kurashda yutqazayotgandek tuyulishi mumkin, ammo bu unday emas.

1980 yilga nisbatan Yer yuzi aholisi taxminan 3,5 milliardga ko‘paydi. Odamlar uzoqroq yashay boshladi, saraton xavfi esa yosh oshgani sayin sezilarli darajada ortadi.

Diagrammadagi uchta turli egri chiziq 1980 yildan 2021 yilgacha ko‘rsatkichlarning foizlardagi nisbiy o‘zgarishini aks ettiradi.

Qizil chiziq — dunyo bo‘yicha saratondan vafot etganlar sonining mutlaq (absolyut) miqdori.

Jigarrang chiziq — 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan o‘lim koeffitsiyenti, u Yer aholisi 1980 yilda 4,4 mlrd bo‘lganidan 2021 yilda 7,9 mlrdgacha o‘sganini hisobga oladi.

Ko‘k chiziq — yosh bo‘yicha tuzatilgan o‘lim (ya’ni aholi qarishini hisobga olgan holda). Bu ko‘rsatkich aholi qarishi ta’sirini “bekor qiladi” va 1980 yildagi yosh tarkibi saqlangan deb hisoblab, dinamikani ko‘rsatadi.

Natija shuki: umumiy (absolyut) o‘limlar soni deyarli ikki baravar oshgan.

Aholi soni o‘sishi hisobga olinsa, o‘lim ko‘rsatkichining o‘sishi taxminan 20 foiz atrofida qoladi.

Yosh bo‘yicha tuzatma kiritilganda esa saratondan o‘lim 20 foizdan ko‘proqqa kamaygan.

Bu shuni anglatadiki, 2021 yilda ma’lum bir yoshdagi insonning saratondan vafot etish ehtimoli 1980 yildagi xuddi shu yoshdagi insonga qaraganda pastroq bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid