Sport | 08:30
2270
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik tennischi Australian Open g‘olibi bo‘ldi

Yelena Ribakina Avstraliya ochiq chempionatida top-6likdagi uch nafar tennischi: chorakfinalda - Iga Svyontek, yarimfinalda - Jyessika Pegula va finalda - Arina Sobolenkoni mag‘lub etdi.

Foto: Getty Images

Qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina Australian Open musobaqasi finalida jahonning birinchi raketkasi Arina Sobolenkoni 6:4, 4:6, 6:4 hisobida yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Yelena «Ulkan dubulg‘a» turnirlaridagi uchinchi finalini o‘tkazdi va Uimbldon-2022dan keyingi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

U finalga qadar Kayya Yuvan, Varvara Grachyova, Tereza Valentova, Elize Mertens, Iga Svyontek va Jyessika Pegula ustidan g‘alaba qozondi. Ribakina ushbu muvaffaqiyati bilan WTA reytingida beshinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Yelena ikki oy ilgari Sobolenkoni WTA yakuniy turniri finalida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ribakina Mariya Sharapovadan so‘ng Avstraliya ochiq chempionatida top-6likdagi uch nafar tennischini mag‘lubiyatga uchratgan tennischiga aylandi: chorakfinal - Iga Svyontek, yarimfinal -Jyessika Pegula va final - Arina Sobolenko.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid