Qozoğistonlik tennisçi Yelena Ribakina Australian Open musobaqasi finalida jahonning birinçi raketkasi Arina Sobolenkoni 6:4, 4:6, 6:4 hisobida yengib, musobaqa ğolibiga aylandi.

Yelena «Ulkan dubulğa» turnirlaridagi uçinçi finalini ötkazdi va Uimbldon-2022dan keyingi ikkinçi sovrinini qölga kiritdi.

U finalga qadar Kayya Yuvan, Varvara Graçyova, Tereza Valentova, Elize Mertens, Iga Svyontek va Jyessika Pegula ustidan ğalaba qozondi. Ribakina uşbu muvaffaqiyati bilan WTA reytingida beşinçi örindan uçinçi öringa kötarildi.

Yelena ikki oy ilgari Sobolenkoni WTA yakuniy turniri finalida mağlubiyatga uçratgandi.

Ribakina Mariya Şarapovadan söng Avstraliya oçiq çempionatida top-6likdagi uç nafar tennisçini mağlubiyatga uçratgan tennisçiga aylandi: çorakfinal - Iga Svyontek, yarimfinal -Jyessika Pegula va final - Arina Sobolenko.