Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor tezroq uyquga ketishning oddiy usullarini aytdi
Mutaxassis uyquga tayyorgarlikni kamida bir soat oldin boshlashni tavsiya qildi. Birinchi navbatda elektron qurilmalardan to‘liq voz kechish lozim. Uning aytishicha, smartfon, televizor va planshet ekranlaridan taralgan yorug‘lik melatonin ishlab chiqarilishini susaytiradi va miyaning dam olish rejimiga o‘tishiga xalaqit beradi.
Foto: Depositphotos.com / AllaSerebrina
Ispaniyalik terapevt Visente Meraning so‘zlariga ko‘ra, surunkali kam uxlash umrni qisqartiradi. U 20minutos nashriga bergan intervyusida yuzni iliq suv bilan yuvish tezroq uyquga ketishga yordam berishi mumkinligini aytdi.
Shifokor uyquga tayyorgarlikni kamida bir soat oldin boshlashni tavsiya qildi. Birinchi navbatda elektron qurilmalardan to‘liq voz kechish lozim. Meraning aytishicha, smartfon, televizor va planshet ekranlaridan taralgan yorug‘lik melatonin ishlab chiqarilishini susaytiradi va miyaning dam olish rejimiga o‘tishiga xalaqit beradi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, issiq dush qabul qilish yoki yuzni iliq suv bilan yuvish tanaga uxlash vaqti bo‘lgani haqida “signal beradi” va bu tezroq uyquga ketishga sabab bo‘ladi.
Mera barqaror rejimning ahamiyatini alohida qayd etdi. U har kuni, dam olish kunlarida ham bir vaqtda uxlash va uyg‘onish kerakligini aytdi, chunki aynan muntazamlik biologik soatlarni sinxronlashtirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
19:17 / 19.11.2025
Erkak va ayollarda xurrak nega turlicha? Sabablar, xavflar va uni kamaytirish bo‘yicha layfxaklar
13:12 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
20:47 / 14.03.2025
Olimlar uyqusizlik va fitna nazariyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
14:36 / 04.01.2025