Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviator’dagi yong‘in yuzasidan jinoiy ish ochildi
Toshkentdagi Aviator savdo markazida yuz bergan yirik yong‘in bo‘yicha «nodavlat tijorat tashkiloti mansabdor shaxslari tomonidan vakolatlarini suiiste’mol qilish» va «yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish» moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Foto: FVV
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Aviator savdo majmuasida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ish Jinoyat kodeksining 192−11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ochilganini ma’lum qilgan.
Yashnobod tumani Parkent yo‘li ko‘chasida joylashgan ushbu savdo majmuasida yong‘in 31 yanvar kuni soat 15:30 dan keyin markazning ikkinchi qavatida sodir bo‘lgan, u yerda Pixel deb nomlangan katta bolalar maydonchasi, shuningdek, bir nechta ovqatlanish muassasalari joylashgan. Birinchi qavatdagi Korzinka supermarketi zarar ko‘rmagan.
Hodisadan so‘ng vayronalar ostidan 2 yosh-u 7 oylik qizchaning jasadi topilgan.
Gazeta.uz guvohlarga tayanib xabar berishicha, yong‘in paytida ikkinchi qavatdagi yong‘in signalizatsiyasi va purkagichlar ishlamay qolgan, zinapoyali yong‘in chiqish joyi esa yopiq bo‘lgan. Signalizatsiya faqat birinchi qavatda ishlagan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 16.03.2026
Yunusobodda shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
08:34 / 16.03.2026