Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi Aviator savdo majmuasida kelib çiqqan yonğin böyiça jinoiy iş qözğatildi.
Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov iş Jinoyat kodeksining 192−11-moddasi (Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) va 259-moddasi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan oçilganini ma’lum qilgan.
Yaşnobod tumani Parkent yöli köçasida joylaşgan uşbu savdo majmuasida yonğin 31 yanvar kuni soat 15:30 dan keyin markazning ikkinçi qavatida sodir bölgan, u yerda Pixel deb nomlangan katta bolalar maydonçasi, şuningdek, bir neçta ovqatlaniş muassasalari joylaşgan. Birinçi qavatdagi Korzinka supermarketi zarar körmagan.
Hodisadan söng vayronalar ostidan 2 yoş-u 7 oylik qizçaning jasadi topilgan.
Gazeta.uz guvohlarga tayanib xabar berişiça, yonğin paytida ikkinçi qavatdagi yonğin signalizatsiyasi va purkagiçlar işlamay qolgan, zinapoyali yonğin çiqiş joyi esa yopiq bölgan. Signalizatsiya faqat birinçi qavatda işlagan.












