Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash markazlari ochish niyatini bildirdi
Ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta O‘zbekiston va Latviya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida konsullik maslahat uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda migratsiya, konsullik xizmatlarini raqamlashtirish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston diplomatlari Latviyaning Latviya Ichki ishlar vazirligi, Latviya Farovonlik vazirligi, Latviya Chegara xizmati hamda Latviya Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuvda konsullik va migratsiya sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqilib, konsullik xizmatlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tomonlar fuqarolarni konsullik hisobiga qo‘yish bo‘yicha tajriba almashib, ikki davlat fuqarolarining o‘zaro safarlari shartlari yuzasidan ham fikr almashgan.
Shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilish va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlari muhokamalar markazida bo‘lgan. Erishilgan kelishuvlar natijasida O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi rasmiy saytida fuqarolarning o‘z mehnat huquqlarini himoya qilish uchun Latviya davlat mehnat inspeksiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mexanizmi yaratilgani ma’lum qilindi.
Latviya tomoni O‘zbekiston tomonidan ilgari taqdim etilgan migratsiya va mobillik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasini ko‘rib chiqishni tezlashtirishga tayyor ekanini bildirgan.
Muzokaralarda ish beruvchilar bilan ham amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Xususan, yil davomida ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosini Latviyada qonuniy asosda, munosib mehnat sharoitlari va ish haqi bilan ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bundan tashqari, Kreiss yirik transport-logistika kompaniyasi O‘zbekistonda professional haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini ochish niyatini bildirgan.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mehnat migratsiyasining xavfsiz, qonuniy va shaffof mexanizmlarini yaratish, xalqaro sheriklikni kengaytirish hamda xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan rejali ishlar davom etayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
14:24 / 06.01.2026
Boltiq dengizida Litva–Latviya optik kabeli shikastlandi
14:37 / 25.12.2025