Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini chorakfinalda tark etdi
Eronga qarshi pley-off o‘yini 4:7 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi.
Indoneziyada futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi davom etmoqda.
O‘zbekiston milliy jamoasi chorakfinalda Eron bilan o‘ynadi va 4:7 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.
Yarimfinalda Iroq va Eron, Yaponiya va Indoneziya milliy jamoalari kuch sinashadi.
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi 1999 yildan buyon o‘tkazilmoqda. Unda faqat ikki milliy jamoa g‘olib bo‘lgan – Eron (13 marta) va Yaponiya (4 marta). O‘zbekiston futzalchilari 4 marta kumush va 6 marta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi
3 fevral, Jakarta (Indoneziya)
Chorakfinal
O‘ZBeKISTON – ERON 4:7
Gollar: Ixtiyor Ropiyev (1 pen), Elbek To‘lqinov (5), Sunnatilla Jo‘rayev (26), Muzaffar Ahadjonov (33) – Muslim Oladg‘obad (6), Said Abbosiy (9), Muhammadhusayn Deraxshaniy (12), Husayn Sabziy (18, 39), Husayn Toyibidquliy (25 pen), Behruz Azimihimmatobodiy (31)
O‘zbekiston: Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Akbar Usmonov, Shahram Faxriddinov.
Zaxira: Shavkat Ibrohimov, Anasxon Rahmatov, Abror Ahmedziyanov, Sunnatilla Jo‘rayev, Xayrullo Solihov, Elbek To‘lqinov, Muzaffar Ahadjonov, Eldor Nig‘matov, Samariddin Berkinov.
Eron: Baqir Muhammadiy, Muhammadhusayn Deraxshaniy, Mahdiy Karimiy, Salar Og‘apur, Behruz Azimihimmatobodiy.
Ogohlantirishlar: Anasxon Rahmatov (3), Ilhlom Hamroyev (24), Sunnatilla Jo‘rayev (39)
Chetlatish: Abbos Elmurodov (31).
Mavzuga oid
22:40 / 30.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogida Avstraliyani mag‘lub etdi
19:02 / 28.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini durang bilan boshladi
19:11 / 05.11.2025
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi
21:26 / 02.10.2025