Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli to‘qnashuvlarda ishtirokni targ‘ib qiluvchi mahsulotlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qonunchilik palatasi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyihada qurolli to‘qnashuvlar yoki harbiy harakatlarda ishtirokni targ‘ib qiluvchi mahsulotlar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif etilmoqda.
Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan — «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ayrim holatlarda o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvlar yoki harbiy harakatlarda qatnashishni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish holatlari kuzatilayotgani qayd etildi.
Qonun loyihasi bilan ana shunday mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda. Ushbu norma jamoat xavfsizligini ta’minlash, noqonuniy faoliyatni targ‘ib qilishning oldini olish hamda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlarni cheklashga qaratilgani ta’kidlandi.
Muhokamalar jarayonida qonun loyihasida nazarda tutilgan normalar jamiyatda xavfsiz muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
23:20 / 16.06.2025
Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi
17:15 / 05.03.2025
Fuqarolarni mehnat shartnomasi tuzmasdan ishga olganlar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi
17:09 / 22.02.2025