O‘zbekiston | 18:40
5204
1 daqiqa o‘qiladi

MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar yuborilayotgani aniqlandi

Ushbu xabarlar feyk akkauntlar tomonidan tarqatilayotgani va bu firibgarlikka urinish ekani aytildi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan bir qator sportchilar hamda sport hamjamiyati vakillariga feyk xabarlar yuborilmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.

«Ushbu xabarlar feyk akkauntlar tomonidan tarqatilmoqda va bu firibgarlikka urinish hisoblanadi», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbek sportiga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy axborot resurslari yoki federatsiya hamda assotsiatsiyalar orqali e’lon qilinadi.

«Shu munosabat bilan bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik hamda shubhali akkauntlarni zudlik bilan bloklab, ularga nisbatan shikoyat yuborishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid