O‘zbekiston | 22:32 / 06.02.2026
4065
2 daqiqa o‘qiladi

OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning qo‘shimcha usuli paydo bo‘ldi

Endi OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni boshqa tizimlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) taqdim etish yoki cheklash imkoniyati mavjud. Raqamli hukumat (e-gov.uz) markazi buni qanday amalga oshirish mumkinligini tushuntirdi.

Foto: OneID

Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rildi, deb xabar berdi Raqamli hukumat (e-gov.uz) markazining rasmiy kanali.

Qayd qilinishicha, endi OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni boshqa tizimlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) taqdim etish yoki cheklash imkoniyati mavjud.

Buning uchun:

- Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga o‘ting;

- Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring;

- ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida tizimga kiring;

- «Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limida xizmatni faollashtiring;

- Kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.

Agar OneID tizimiga QR-kod orqali kirish usuli tanlasansa, «Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limi avtomatik faollashadi:

- Mobil qurilmada GooglePlay yoki AppStore orqali OneID ilovasini yuklab oling;

- Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan o‘ting;

- Ilovaning quyi qismidagi skanerlash tugmasini bosing va kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlang.

Ta’kidlanishicha, ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid