Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yong‘in xavfsizligi tekshiruvlari: 7 ta obekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahrida odamlar ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan binolarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Davlat yong‘in nazorati tomonidan tekshiruvlar o‘tkazildi. Qator obektlar faoliyati kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatildi.
Kuni kecha poytaxt hududida insonlar ko‘p yig‘ilishi mumkin bo‘lgan maskanlar (binolar)da favqulodda vaziyatlar, xususan yong‘inlar sodir bo‘lishida belgilangan xavfsizlik talablariga javob berishi yuzasidan tegishli tartibda Davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari amalga oshirildi.
Tekshiruvlar jarayonida Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida joylashgan 7 ta bino (inshoot) va xonalarda yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilgani, shuningdek insonlar hayotiga xavf tug‘diruvchi holatlar aniqlangani ma’lum qilindi. Shu sababli mazkur obektlarning faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.
Hozirgi vaqtda ish faoliyati to‘xtatilgan obektlardagi tadbirkorlar tomonidan aniqlangan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
09:34 / 05.02.2026
Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermagan obektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
15:42 / 04.02.2026
Toshkentda savdo markazlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshirilmoqda
09:20 / 03.01.2026
Palov uchun mahsulotlar qiymati: eng qimmat hudud - Toshkent shahri
09:14 / 19.12.2025