O‘zbekiston | 15:00 / 07.02.2026
1413
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ipoteka bank OTP Group OneID tizimida ruxsatnomalarni tekshirish zarurligi haqida eslatdi

OneID tizimida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga kirishni boshqarish imkoniyati joriy etilgan. Ushbu funksiya orqali foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlash va bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun qaysi tashkilotlarga ma’lumotlarini berishga ruxsat etilganini mustaqil ravishda nazorat qilishlari mumkin.

Foto: Ipoteka bank

Ipoteka bank OTP Group ma’lum qilishicha, OneID tizimida kirish ruxsatnomasi o‘chirilgan holatda ayrim operatsiyalar ko‘proq vaqt olishi yoki vaqtincha mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bu kredit rasmiylashtirish, bank kartalarini chiqarish, hisobvaraqlar va omonatlar ochish, valuta ayirboshlash operatsiyalari, shuningdek mijozni identifikatsiya qilish talab etiladigan boshqa xizmatlarga ta’sir qilishi mumkin.

Kechikishlarning oldini olish uchun mijozlarga oldindan sozlamalarni tekshirish tavsiya etiladi. Buning uchun id.egov.uz saytiga kirib, ERI (ETsP) yoki Mobile-ID orqali avtorizatsiyadan o‘tish, «Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limiga o‘tish, ro‘yxatdan Ipoteka bank OTP Group’ni tanlab, ma’lumotlarni olish va qayta ishlash uchun ruxsatni yoqish zarur.

Shuningdek, OneID mobil ilovasi orqali tezkor usul ham mavjud. Avtorizatsiyadan so‘ng foydalanuvchi kompyuter ekranidagi QR-kodni skanerlab, kerakli bo‘limni avtomatik tarzda ochishi mumkin.

Bankda ta’kidlashlaricha, ruxsatnomalarni boshqarish funksiyasi kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish doirasida joriy etilgan. Ochiq kirish raqamli servislarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi, biroq shaxsiy ma’lumotlar ustidan to‘liq nazorat foydalanuvchining o‘zida qoladi. Ipoteka bank OTP Group mijozlar bank xizmatlaridan qulay, xavfsiz va ortiqcha kechikishlarsiz foydalanishlari uchun doimo yaqin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid