O‘zbekiston | 15:59 / 09.02.2026
1567
3 daqiqa o‘qiladi

Crafers kompaniyasi dunyodagi eng yirik shirinliklar ko‘rgazmasi – “ISM Cologne 2026”da ishtirok etdi

Ko‘rgazma davomida kompaniya o‘zining sog‘lomlashtirilgan tarkibga ega mahsulotlarini global bozor vakillariga namoyish qildi. Brendning pechene, vafli, shokolad, marmelad kabi yeguliklari xalqaro xaridorlar e’tiborini qozonib, yangi eksport hamkorliklari bo‘yicha dastlabki muzokaralar boshlandi.

Foto: Crafers

Fevral oyi boshida Germaniyaning Kyoln shahrida “ISM Cologne 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashish uchun 72 davlatdan 1 600 dan ortiq kompaniya jamlandi.

Ko‘rgazmada shokolad, konfet, marmelad, pechene va turli gazak mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yangi yechimlar taqdim qilindi. Crafers kompaniyasi ham o‘zining innovatsion, sog‘lomlashtirilgan mahsulotlarini global bozor vakillariga namoyish etdi.

«ISM Cologne platformasi savdo guruhlari va supermarketlar bilan biznes aloqalarini rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu ko‘rgazmada yangi eksport liniyalari va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlaridan kelgan distributorlar, savdo kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordik. Bir nechta yangi hamkorlar bilan eksport bo‘yicha kelishuvlarga erishdik, shuningdek, ayrim bozorlarga Crafers mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki shartnomalar yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazdik», - deydi kompaniya ta’sischisi Ruzemuhamedov Nurulla Sunnatullayevich.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ishlab chiqaruvchilar endilikda ta’m va dizayndan tashqari mahsulotning sog‘liqqa ta’siri, tarkibining tozaligi va ekologik barqarorligiga ham katta e’tibor qaratmoqda. Shu sabab, shakarli, shakarsiz, vegan, glyutensiz va funksional shirinliklar ko‘rgazmaning asosiy trendlaridan biriga aylandi.

“Ko‘rgazmada eng ommabop va eksportbop mahsulotlarni namoyish qildik. Jumladan, turli xil pechenelar, vaflilar, shokoladlar, marmelad va shirinliklardan tashrif buyuruvchilar tatib ko‘rdi. xorijiy mehmonlar ularning tabiiy ingrediyentlardan tayyorlanganini, paketlash va dizayn jihatdan e’tibortortar ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng, bir necha kompaniyalar bilan eksport bo‘yicha dastlabki muzokaralar boshlandi”, - deydi Nig‘matilla Sobirov.

Uning fikriga ko‘ra, ISM Cologne ko‘rgazmasida qatnashish kompaniyalar uchun brendni xalqaro darajada tanitish, raqobatchilarni o‘rganish, iste’molchilar talabidagi o‘zgarishlarni aniqlash hamda yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Crafers O‘zbekistondagi yirik shirinlik va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona, uning asosiy faoliyati pechene, vafli, shokolad mahsulotlari, marmelad, marshmellou, karamel hamda turli konfetlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Bugungi kunda korxona 35 000 m² maydonli yuqori texnologik majmuadan iborat bo‘lib, 12 ta zamonaviy ishlab chiqarish liniyasiga ega.

Crafers mahsulotlari 15 dan ortiq davlatlarga eksport qilinadi, jumladan, Markaziy Osiyo bozorlarida ham keng tarqalgan. Kompaniya yillik 46 000 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega, assortimentida 120 dan ortiq turdagi shirinliklar mavjud. Eng muhimi, Crafers mahsulotlari xalqaro sifat va xavfsizlik standartlari – ISO, HALAL va HACCP sertifikatlariga muvofiq ishlab chiqariladi.


Telefon: +998 71 207 72 07

Telegram | Instagram | Sayt


Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid