O‘zbekiston | 19:00 / 09.02.2026
15371
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekiston avto olamida yangi o‘yinchi: Geely brendi 3 ta yangi modelini rasman taqdim etdi

2026 yil 5 fevral kuni Toshkent shahrida Geely brendi O‘zbekistonda “Farovon hayot uchun” shiori ostida yangi modellarning yirik taqdimot tadbirini o‘tkazdi va uchta modelni rasman taqdim etdi. Bular – Geely EX5, Geely EX5 EM-i va Monjaro.

Foto: Geely

Ushbu taqdimot 2025 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent Xalqaro Avtoko‘rgazmasidagi Geely debyutidan keyingi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Brend taqdimoti Markaziy Osiyo bozorida Geelyʼning mahalliylashtirish strategiyasida katta qadam tashlanganini ham anglatadi. Geely O‘zbekistondagi iste’molchilarga avtomobillar bo‘yicha yanada keng va ekologik toza tanlovlarni taqdim etadi, shu bilan birga mahalliy avtomobil sanoatini modernizatsiya qilish va “yashil harakatlanish” ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Tadbir kuni ko‘plab avtomobil ishqibozlari, soha yetakchilari hamda tanilgan ommaviy axborot vositalari jam bo‘lib, Geely yangi modellarining bozorga chiqishiga guvoh bo‘lishdi. Geely EX5 ilg‘or texnologiya, zamonaviy dizayn va yuqori energiya samaradorligini o‘zida birlashtirgan to‘liq elektr modeldir. U Euro NCAP va ANCAP tashkilotlaridan bir vaqtning o‘zida ikki karra besh yulduzli xavfsizlik bahosini olgan Geelyʼning ilk modeli bo‘lib, kundalik elektromobillarda harakatlanish standartlarini yangi belgilashni maqsad qiladi.

Geely EX5 EM-i dunyoda ommaviy ishlab chiqariladigan plagin-gibrid SUVʼlar orasida eng past yoqilg‘i sarfiga ega model hisoblanadi. Sanoatdagi yetakchi EM-i Super Hibrid tizimi bilan jihozlangan ushbu model 105 km Sof elektr yurish zaxirasiga hamda zaryad saqlash (charge-sustaining) rejimida 4,3 L/100 km yoqilg‘i sarfini ta’minlab, o‘z sinfida yangi mezonlarni o‘rnatadi.

Flagman premium SUV bo‘lgan Monjaro esa so‘nggi to‘rt yil ichida umumiy global savdosi 930 ming donadan oshib, bozordagi kuchli raqobatbardoshligini namoyon etdi. Taqdimot tadbiri texnologik estetika va vizual san’at uyg‘unligida tashkil etilib, Geelyʼning “barqaror harakatlanish yetakchisi” sifatidagi strategik pozitsiyasini yorqin tarzda ko‘rsatdi.

Bugunga kelib Geely O‘zbekistonning yirik shaharlarida, jumladan, Toshkent, Buxoro va Farg‘onada bir nechta savdo va servis shoxobchalarini tashkil etdi. Markaziy Osiyodagi sotuv rejalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida Geely mahalliy hamkorlar bilan birgalikda mahalliy zavodini qurishni ham rejalashtirmoqda. Bu loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab oladigan ta’minot zanjiri va ishlab chiqarish markazini shakllantirishga, shuningdek, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus mintaqaviy avtomobil sanoati rivojiga ko‘maklashadi va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash tizimi ham keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda Geely O‘zbekistonda 800 kvadrat metr maydonga ega markaziy ehtiyot qismlar omborini tashkil etgan, 500 turdagi ehtiyot qismlar kategoriyasini zaxirada saqlamoqda. Kompaniya butun mamlakat bo‘ylab 72 soat ichida yetkazib berishni hamda servis tarmog‘i bo‘ylab ehtiyot qismlar bilan ta’minlash darajasini 95% dan yuqori ushlab turishni kafolatlaydi. Kelgusi uch yil ichida Geely asosiy shaharlar bo‘yicha 100% tarmoq qamroviga erishishni, shuningdek, xarid, sotuvdan keyingi servis va kundalik foydalanishni qamrab oladigan to‘liq sikl (full lifecycle) mijoz tajribasi tizimini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab iste’molchilarga yanada kengroq va sifatliroq xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Tadbirda Geely International’ning Sharqiy Yevropa biznes bo‘linmasi bosh direktori Jang Shouxe shunday dedi: “O‘zbekiston hukumati ‘O‘zbekiston-2030’ strategiyasi doirasida qayta tiklanuvchi resurslarni faol rivojlantirmoqda hamda yashil va barqaror iqtisodiyotni ilgari surmoqda. Geelyʼning yetuk global platforma arxitekturalariga tayangan holda, biz butun dunyo bo‘ylab aqlli elektr avtomobillarning ko‘proq modellarini taqdim etishda davom etamiz. Bu yashil va barqaror harakatlanish bo‘yicha turli foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, O‘zbekistonning past uglerodli, yashil va barqaror yangi transport davriga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”.

Global avtomobil sanoati jadal transformatsiya jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda, Geely kuchli texnologik salohiyat va moslashuvchan mahalliylashtirish strategiyalariga tayangan holda Yevrosiyo va Lotin Amerikasi kabi turli mintaqaviy bozorlarda ishtirokini izchil kengaytirmoqda. O‘zbekistondagi ushbu muvaffaqiyatli taqdimot Geelyʼning Xitoy avtomobil brendi sifatida global bozorlarga chiqishdagi qat’iy harakatini namoyish etish bilangina cheklanmay, “yashil va aqlli transport ekotizimini yaratish” haqidagi qarashini ham o‘zida mujassam etadi va bu har bir foydalanuvchiga ishonch va xavfsizlik hissini beradi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Geely brendiga 1986 yilda asos solingan va u 1997 yildan beri avtosanoatda muhim o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Geely Holding tarkibiga Geely Auto (jumladan, Geely Galaxy), ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC (London Electric Vehicle Company) va Farizon (tijorat NEV) kabi brendlar kiradi. Shuningdek, guruh o‘z portfeli doirasiga bevosita kiritadigan hamkorlik va investitsion aktivlar ham mavjud. Ular qatorida SMART va PROTON brendlari ham bor. 2025 yil yakuniga ko‘ra, Geely Holdingʼga tegishli barcha brendlari bo‘yicha jami sotuv 4,11 mln avtomobildan oshib ketdi.

Geely avtomobil sanoati bilan bir qatorda alohida “texnologik klaster”ni ham rivojlantirmoqda. Kompaniya tarkibiga kiruvchi Geespace brendi orqali “GEESATCOM” deb atalgan past orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini tashkil etgan. Oltinchi raketa parvozidan so‘ng Geely orbitada umumiy hisobda 64 ta sun’iy yo‘ldoshga ega bo‘ldi va loyihaning I bosqichi (Phase I) muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi avto ixlosmandlari uchun Geely brendining rasman kirib kelishi bu birinchi navbatda, rasmiy savdo, kafolat va servis tizimi, yangi zamonaviy modellar bilan tanishish hamda Geely global bozor uchun joriy etayotgan yuqori standartlarining O‘zbekistonga ham tatbiq etilishi demakdir. O‘zbekiston bozorida Geelyʼdan xavfsizlik va muhandislikning yuqori darajasidagi mahsulotlarga bo‘lgan urg‘uni kutish mumkin. O‘zbekiston uchun e’lon qilingan Geely EX5 modeli Euro NCAP bo‘yicha eng yuqori, 5 yulduzli reytingga ega. Ushbu modeldagi haydovchi va yo‘lovchilarni himoya qilishga qaratilgan texnologiyalari, shuningdek, haydovchiga yordam beruvchi tizimlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar ommaviy xaridor uchun mahsulot darajasini ko‘rsatadigan tushunarli va aniq indikator hisoblanadi.

Geelyʼning O‘zbekistondagi rasmiy bo‘limi hamda sotuvga chiqarilgan modellari haqidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi manbalardan olishingiz mumkin:

Call-markaz: +998 55 510 02 90 (2299)

Vebsayt | Instagram | Telegram

  Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid