Jahon | 21:26 / 15.02.2026
4376
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya stansiyasi o‘tgan sutkaning eng sovuq haroratini qayd etdi

O‘tgan sutkada eng yuqori harorat Qohira aeroportida qayd etildi – 42 daraja issiq.

Foto: Global Look Press

Rossiyaning «Vostok» antarktik stansiyasi 14 fevral kuni -55,8 daraja haroratni qayd etdi. Bu o‘tgan sutkada sayyoramizda qayd etilgan eng past haroratdir.

O‘tgan sutkada Rossiyadagi yettita: Ilirney, Chukotkadagi Omolon va Baimka, Oymyakon, Iema, Delyankir va Yoqutistondagi Verxoyansk aholi punktlari Yer yuzidagi eng sovuq harorat hukm surgan joylar o‘ntaligiga kirdi.

O‘tgan sutkadagi eng yuqori harorat Qohira aeroportida qayd etildi (+42 daraja).

Shuningdek, Mozambikdagi Beyra shahrida ham havo harorati xuddi shu ko‘rsatkichni tashkil etgan. Yuqori uchlikdan o‘rin olgan Niger poytaxti Niameydagi aeroportda esa harorat 40,7 darajaga chiqqan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid