Sport | 21:35 / 18.02.2026
6840
1 daqiqa o‘qiladi

«Qizilqum U19» futbol klubi bosh murabbiyi pora olayotganda ushlandi

U 18 yoshli o‘smirni jamoaning asosiy tarkibiga qabul qilish evaziga 20 mln so‘m olgani ta’kidlanmoqda.

Foto: O‘FA

«Qizilqum» (Navoiy) futbol klubining 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bosh murabbiyi 20 mln so‘m miqdorida pora olganida ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ismi-sharifi keltirilmagan murabbiy futbolchilar jamoaga belgilangan sinovlarda saralanib, klub komissiyasi qarori va rahbar buyrug‘i asosida qabul qilinishini bilsa-da, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda Nurota tumanida yashovchi, 18 yoshli o‘smirni asosiy tarkibga qabul etish evaziga 20 mln so‘m talab qilgan. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid