Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilmagan” – OKMK 200 mln dollarlik tenderlar haqida izoh berdi
Surishtiruvchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati oxirgi 3 yil ichida 200 mln dollardan ortiq tenderlarni bitta shaxsga aloqador shubhali xorijiy kompaniyalarga berib yuborgani haqida maqola e’lon qilgandi. OKMK axborot xizmati vaziyatga izoh berib, xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, tender ishtirokchilarida affillanganlik holatlari tasdiqlanmagan.
Foto: OKMK
Kun.uz xalqaro jurnalistlarning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida xabar berish loyihasi doirasida o‘rganilgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 200 mln dollarlik shubhali tenderlari haqidagi surishtiruvni e’lon qilgandi. OKMK axborot xizmati vaziyatga izoh berdi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ushbu davlat xaridlari shartnomalari bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Kombinat 2021 yildan buyon belgilangan tartibda barcha davlat xaridlarini maxsus elektron platforma orqali amalga oshiradi. Ya’ni elektron savdolar inson omilisiz bajariladi.
Maqolada qayd etilgan 10 ta import kontraktlarning hammasi tender va tanlov usullarida O‘zbekiston Respublikasi tovar va xomashyo birjasining shaffof va ochiq etender.uzex.uz maxsus elektron portalida e’lon qilinib, ochiq raqobat asosida amalga oshirilgan”, deyiladi kombinat izohida.
Qayd etilishicha, surishtiruvda nomi keltirilgan kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilmagan. Import bo‘yicha har bir lotda eng arzon narx taklifi avtomatik ravishda g‘olib deb topilgan.
“Tanlov/tender ishtirokchilarida affillanganlik holatlari elektron portal orqali avtomatik tarzda tekshirilgan va affillanganlik holatlari tasdiqlanmagan.
Tanlov/tender g‘oliblari tomonidan tovarlar to‘liq hajmda, shartnomada belgilangan sifat ko‘rsatkichlarida va eng asosiysi – kontraktda ko‘rsatilgan muddatda kombinat omborlariga yetkazib berilgan. Yetkazib berilgan barcha tovarlar nomi, tasnifi, sifati va son ko‘rsatkichlari bo‘yicha kombinat tomonidan tekshirilib, maxsus komissiya ishtirokida qabul qilib olingan.
Ta’kidlash joizki, ushbu shartnomalar kombinat manfaatlariga zarar yetkazmagan va davlat xaridlari jarayonida qonunbuzilish holatlari sodir etilmagan”, deyiladi OKMK rasmiy munosabatida.
Mavzuga oid
19:24 / 17.02.2026
OKMKning 200 mln dollarlik tenderlari: g‘oliblar bir-biriga aloqadormi?
11:00 / 22.01.2026
OKMK: Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat bosh mezon
15:00 / 25.10.2025
3-Mis boyitish fabrikasi - yangi industrial taraqqiyot sari qadam
11:00 / 24.07.2025