O‘zbekiston | 22:53 / 21.02.2026
647
2 daqiqa o‘qiladi

"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, taqdim etish va ko‘rib chiqish masalalarini tashkil etish uchun ishchi organ vazifasini bajaradi.

Foto: Vazirlar Mahkamasi

Vazirlar Mahkamasining "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorda aytilishicha, ko‘krak nishoni bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib kelayotgan, mamlakat taraqqiyoti uchun kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan, davlatning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ilg‘or tashabbuslari, vatanparvarligi, fidoyiligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan fuqarolar taqdirlanadi.

Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadigan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, taqdim etish va ko‘rib chiqish masalalarini tashkil etish uchun ishchi organ vazifasini bajaradi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid