Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak 7-qavatdan tushib ketgan bolani tutib hayotini saqlab qoldi
Ochiq deraza tokchasida o‘tirib planshet o‘ynayotgan bola sirpanib ketgan, lekin karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan farrosh erkak buni ko‘rib qolib darhol yordamga shoshilgan. Bola karnizda biroz osilib turgach, pastga qulagan. Erkak uni havoda tutib olgan.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hovli supuruvchi ko‘pqavatli uyning 7-qavatidan tushib ketgan bolani havoda tutib. Uning hayotini saqlab qoldi.
Xabar qilinishicha, ochiq deraza tokchasida o‘tirib planshet o‘ynayotgan bola sirpanib ketgan, lekin karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan farrosh erkak buni ko‘rib qolib darhol yordamga shoshilgan. Bola karnizda biroz osilib turgach, pastga qulagan. Erkak uni havoda tutib olgan.
Bolaning onasi bu vaqtda oshxonada bo‘lgan. Onaning aytishicha, o‘g‘li autizm kasalligiga chalingan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan. Uning oyog‘i va ichki organlari shikastlangan. Uning hayotini saqlab qolgan farroshning esa qo‘llari va qovurg‘asi singan.
Xabarda aytilishicha, erkak o‘zbekistonlik bo‘lib, 36 yoshda. U Sankt-Peterburgdagi ko‘pqavatli uylardan biriga mas’ul pudratchi tashkilotda ishlaydi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
08:53 / 04.02.2026
Sankt-Peterburgdagi bayramga iqtidorli o‘quvchilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi
21:28 / 22.12.2025