Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxslar ushlandi
Yopiq Telegram-kanallar orqali bolalar ishtirokidagi pornografik videolarni tarqatib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri ana shunday materiallarni 837 kishiga sotib, jami 29,2 mln so‘m noqonuniy daromad topgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Telegram'da bolalar ishtirokidagi pornografik mahsulotlarni tarqatib kelayotgan shaxslarni aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatida 1997 yilda tug‘ilgan shaxs Telegram-kanal administratori sifatida pornografik videolarni pul evaziga tarqatib kelgan. U 2025 yil fevral oyidan buyon tarmoqqa 925 ta turli ko‘rinishdagi bolalar pornografik materiallarini joylashtirgan.
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi aniqlagan boshqa bir holatda esa, 442 ta foydalanuvchiga ega yopiq Telegram-kanalda turli ko‘rinishdagi 403 ta bolalar pornografik materiallarini tarqatib kelgan shaxs qo‘lga olingan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslardan yana biri – 2004 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U Telegram'da 4 ta anonim akkaunt orqali qizlar nomidan 6 ta kanal ochgan va jami 3750 ta pornografik materiallarni joylashtirib, bank kartalari va abonent raqamlardan foydalangan holda kanallarni sotgan.
Yigit, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar tasvirlangan pornografik materiallarni 837 nafar shaxsga sotib, jami 29,2 mln so‘m noqonuniy daromad topgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayrimlariga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
08:42 / 13.02.2026
Zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
19:36 / 02.02.2026
“Menga ishonmasliklaridan qo‘rqaman”. Zo‘rlangan bolalar taqdiri: og‘ir jazo, toqatsiz jamiyat va sukut saqlamaslik haqida
12:51 / 31.01.2026
Bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlash kerakmi? Foydasi va yo‘qotishlar haqida faollar bilan suhbat
08:52 / 27.01.2026