Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident rektorlarni ogohlantirdi
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda bitiruvchilarni tadbirkor qilayotgan oliygohlarni o‘rnak qilib ko‘rsatdi va qator savollarni o‘rtaga tashladi: “Qolgan rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi? Nimaga oylik olyapti? Vijdoni bo‘lsa, nimaga 50 foiz oyligini kassaga topshirmaydi? 4-5 yil o‘qitib, talabani ishli qilmagan rektorlar lavozimda o‘tirishga haqqi bormi-yo‘qmi?”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim muassasalari rahbarlariga murojaat qilib, OTM rektorlari bitiruvchilarni ishga joylashtirishga, maktab direktorlari esa xorijiy til va kasbga o‘rgatishga mas’ul ekanini ta’kidladi.
Yig‘ilishning ushbu qismi aks etgan videoni jurnalist Aziza Qurbonova Telegram-kanaliga joyladi.
“Respublikada 157 ta oliygohdan atigi 12 tasi bitiruvchilar bilan loyiha qilib, bank krediti orqali 100 nafardan ortiq talabani tadbirkor qildi. Qolgan rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi? Nimaga oylik olyapti? Nimaga vijdoni bo‘lsa, 50 foiz oyligini kassaga topshirmaydi?
Yana bir marta rektorlarni ogohlantiraman: 4-5 yil o‘qitib, talabani ishli qilmagan rektorlar lavozimda o‘tirishga haqqi bormi-yo‘qmi, degan savol meni qiynaydi. Men ham ko‘p yil institutda ishlaganman. Nimaga oliygohni bitirgan 100 foiz bola ishli bo‘lmaydi? Nimaga maktabda 11 yil o‘qigan bola bitta tilni o‘rganmaydi? Nimaga maktabda 11 yil o‘qitgan muallim, direktor bitta kasbga o‘rgatmaydi?” – degan davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston–2030 strategiyasida 9-sinf bitiruvchilarini kasbiy ta’lim bilan qamrab olishni 2025 yildagi 29 foizdan 2030 yilga borib 50 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, bir yil davomida doimiy ish o‘rniga ega OTM bitiruvchilarining ulushini 65 foizga yetkazish maqsad qilingan. Bu ko‘rsatkich 2025 yilda 52 foiz bo‘lgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
09:05 / 22.02.2026
AQShga navbatdagi tashrif, elektromobil quvvatlash subsidiyasi va talaba formasi – hafta dayjesti
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
13:38 / 29.01.2026