O‘zbekiston | 15:27
4520
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent–Dushanbe yo‘nalishida ilk davlat avtobusi qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent–Dushanbe xalqaro yo‘nalishida ilk davlat avtobusi reysi amalga oshirildi. Yangi qatnov yo‘lovchilarga qulaylik, xavfsizlik va to‘liq qonuniy xalqaro tashuv xizmatini taklif etmoqda.

Foto: "Toshkent" avtovokzal

Ma’lum qilinishicha, reys yotoqli avtobusda tashkil etilgan bo‘lib, safar vaqti o‘rtacha 15–17 soatni tashkil qiladi. Yo‘nalish Toshkent – Sariosiyo – Dushanbe markaziy vokzali orqali harakatlanadi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish xalqaro bo‘lgani sabab chegaradan o‘tiladi va har bir yo‘lovchi uchun xorijga chiqish pasporti talab etiladi.

Hozircha reyslar jadvali quyidagicha:

Toshkentdan harakat: seshanba va juma;
Dushanbedan qaytish: chorshanba va shanba, soat 13:00.

Yo‘lovchilarga yo‘l qoidalariga amal qilish va safar hujjatlarini oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров