Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasiga oid marmar plita parchasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
Bosh konsulxona tashabbusi bilan Yekaterinburg shahrida joylashgan Sverdlovsk viloyati o‘lkashunoslik muzeyida sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Foto: “Dunyo” AA
Tadbir O‘zbekiston prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan va madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, jumladan, Amir Temur davriga oid ilmiy asarlar va moddiy ashyolar ko‘zdan kechirildi. Muzey ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda ushbu maskanda Amir Temur maqbarasidan olingan marmar plita parchasi ham saqlanmoqda.
Aniqlanishicha, mazkur marmar plita parchasi Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasiga yurishi davrida (1868–1878 yillar) general-leytenant Aleksandr Baranov tomonidan Uralga olib kelingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha davrda Samarqand shahridagi Temuriylar maqbarasiga zarar yetkazilib, marmar plitaning bir qismi olib ketilgan. Keyinchalik ushbu eksponat 1887 yildagi Ural–Sibir ko‘rgazmasiga taqdim etilgan va Sverdlovsk viloyati o‘lkashunoslik muzeyiga hadya qilingan.
Hozirgi kunda mazkur tarixiy artefakt Sverdlovsk viloyati o‘lkashunoslik muzeyida saqlanib kelinmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 06.02.2026
Aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilindi
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025