Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
Indoneziyaning Kalimantan post gazetasida e’lon qilingan intervyuda 2026 yilda Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish uchun 100 ming indoneziyalik sayyoh kelishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ziyorat turizmiga bo‘lgan qiziqishni izchil oshirmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Indoneziyaning nufuzli Kalimantan post gazetasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan suhbati e’lon qilindi.
Suhbatda so‘nggi yillardagi islohotlar O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini oshirishga xizmat qilgani, xususan, Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi, Toshkentda esa O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining foydalanishga topshirilishi turli mamlakatlardan sayyohlarni jalb etayotgani ta’kidlangan.
Mutaxassis fikricha, 2026 yilda Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish uchun 100 ming indoneziyalik sayyohning kelishi rejalashtirilgan. Shuningdek, elektron viza statistikasi ham Indoneziyadan murojaatlar soni izchil oshib borayotganini ko‘rsatishi qayd etilgan.
Maqolada indoneziyalik sayyohlarda Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqshband kabi tarixiy shaxslar majmualarini ziyorat qilish istagi tobora ortib borayotgani ham urg‘ulangan.
Intervyuda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik turizm bilan birga ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida ham rivojlanayotgani, indoneziyalik olim va tadqiqotchilarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi e’lon qilgan xalqaro stipendiya dasturiga qiziqish ortib borayotgani bildirilgan. Shuningdek, akademik almashinuv, xalqaro konferensiya va seminarlar ikki davlat o‘rtasidagi intellektual aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025