Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Laziz Qudratov Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
Asunsyon shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovni Paragvay prezidenti Santyago Penya qabul qildi. Uchrashuvda bozorlarni bosqichma-bosqich ochish va o‘zaro savdo imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Foto: UzA
Asunsyon shahriga amalga oshirilgan tashrif doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Paragvay prezidenti Santyago Penya tomonidan qabul qilindi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar bozorlarni bosqichma-bosqich ochish, shuningdek, o‘zaro savdo imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishgani qayd etildi.
Uchrashuv o‘tgan yil dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya o‘rtasida savdo, investitsiya, energetika hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Shuningdek, tomonlar foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda zamonaviy texnologiyalar hamda investitsiyalarni jalb etish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ham muhokama qildi.
Mavzuga oid
09:23 / 12.12.2025
O‘zbekiston va Paragvay birinchi xonimlari do‘stlik va gumanitar hamkorlikni muhokama qildi
18:00 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
20:44 / 10.12.2025
Paragvay prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
09:56 / 11.11.2025