Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz va yana 5 hudud “kambag‘allik va ishsizlikdan xoli” bo‘lishi kerak - prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda 2026 yil uchun investitsiya, eksport, sanoatni kengaytirish hamda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda viloyat hokimi va tuman hokimlari oldida joriy yilda investitsiyalarni 3 milliard dollarga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi turgani qayd etildi. Shuningdek, hududda kambag‘allikni 2,8 foizga, ishsizlikni 4,5 foizga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari Termiz shahri, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Muzrabot tumanlarini “kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish zarurligini alohida urg‘uladi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi to‘qqiz yilda viloyat iqtisodiyotida sanoat ulushi 5 karra o‘sib, 10 foizga yetgan. Biroq bu ko‘rsatkich hali ham kamligi qayd etildi.
Yig‘ilishda hududda 100 million tonna ko‘mir zaxirasi mavjud bo‘lishiga qaramay, yiliga atigi 1 foizi qazib olinayotgani aytildi. Shu munosabat bilan joriy yil Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelasi yil “Fangart” konlarida ko‘mir qazib olishni boshlash topshirildi.
Shuningdek, Janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi ko‘mirdan polipropilen, polietilen va kauchuk ishlab chiqarish loyihalariga qiziqish bildirgani ma’lum qilindi. Sariosiyodagi “Qorakon”, “Jyemsonit”, “Chuqur”, “Bayram-1” konlariga esa xitoylik investorlar 1 milliard dollar kiritishga tayyor ekani qayd etildi.
Umuman, mazkur zaxiralar elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, metallurgiya va avtomobilsozlik tarmoqlari uchun tayyor xomashyo bazasi ekani ta’kidlanib, konlar atrofida sanoat korxonalarini joylashtirish bo‘yicha hisob-kitob qilib, kamida 200 million dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi.
Bundan tashqari, Boysundagi “Bezaktop” konida sifati Eron, Turkiya va Italiya bilan raqobatlasha oladigan tabiiy tosh zaxiralari yetarlicha o‘rganilmayotgani qayd etildi. Shu kabi konlarda geologiya ishlarini boshlashga ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid
14:27
Surxondaryo turizmi yillik 1 mlrd dollarlik tushum berishi mumkin
14:17
Toshkent – Termiz yo‘nalishiga tezyurar poyezdlar qo‘yiladi
13:57
«Avariyani ham to‘xtatamiz» – Shavkat Mirziyoyev Boysundagi kon haqida
12:55