Sönggi bir neça hafta davomida Epşteyn mojarosi dunyo jamoatçiligini öz domiga tortdi. Yaşirin olam haqida köplab ma’lumotlar yuzaga çiqmoqda. Zamonaviy jahon adabiyoti vakili Mo Yanning “Musallas mamlakati” romani ham bizga şunday rasvo dunyo haqida xabar beradi. Bugun “5 daqiqa”da kannibalizm, ya’ni odam göşti, aniqroği, öz bolalarini tanovul qilayotgan jamiyat haqida gaplaşamiz.
Asarda hamma narsa aniq vazifadan boşlanadi: prokuratura tergovçisi Ding Gouerga maxfiy tizimni foş etiş topşiriği beriladi. Göyoki provensiyada odamning aqliga siğmaydigan işlar bölyapti, deyiladi. U yerda bolalar göştidan taom tayyorlanib, ziyofatlarda yedirilayotgani haqida aytiladi.
Ding Gouer “Musallas mamlakati” tomon ketarkan, kömir taşuvçi yuk maşinasida ğadir-budur yöllardan çayqalib boradi. Uni boşqarayotgan yoş haydovçi qiz bilan örtasida hazil, haqorat, şahvoniy lavhalar yuzaga keladi. Bu sahna tergovçining içki zaif nuqtasini ilk lahzalardayoq oçib beradi: tergovçi qat’iyatli davlat xodimi bölişi kerak, ammo u ham tanasi, istagi, kayfiyati bilan yaşaydigan odam.
Ding Gouerga xuşomad va ziyofatlar taklif qilinadi. Tergovçini kutib olgan posbonlar uning oldiga musallas qöyişadi, keyin yana musallas. Bu içiriş şunçaki ziyofat emas, nazorat usuli edi. Tergovçining ongi loyqalaşa borgani sayin, savol beriş qiyinlaşadi. U muhitga moslaştiriladi.
Nihoyat, Ding Gouer kon direktori va partiya qömitasi kotibi bilan yuzma-yuz turadi. Muallif ularni ataylab bir xil qilib tasvirlaydi. Ikkalasi ham ellik yoşlar atrofida, qorin qöygan, istarali, qöl beriş me’yori ham juda silliq. Ular hatto egizakdek körinadi. Bu obraz öquvçiga muhim signalni beradi: bu joyda şaxslar almaşib turadi, biroq tizimning yuzi özgarmaydi. Ding Gouer kim bilan gaplaşayotganini aniq ajrata olmasligi – tergovning kelajakda qanday qiyinlaşişidan darak berardi.
Direktor va kotib tergovçini “öz odami” qilib olişga harakat qiladi. Bu yerda şantaj ham, tahdid ham şart emas. Ular uni qadah kötarişga çaqirişadi, “biz bir oilamiz” degan iltifot bilan qonun emas, “qarindoşçilik” tuyğusini işga solişadi. Qarşilik qiliş qöpollikka aylantiriladi, rozi böliş – adolatdan uzoqlaştiradi. Mo Yan şu tarzda jamiyatdagi eng xavfli usulni körsatadi: odamni buziş uçun uni sindiriş şart emas, unga xuşomad qilib, erkalatib ham yengiş mumkin.
Mast bölgan tergovçi özi nafratlanib turgan jamiyat va odamlarning biriga aylanib boraveradi.
Huşini deyarli yöqotgan tergovçining oldiga dömboqqina bolakayni olib kelişadi. Bu inson emas, faqat inson şaklidagi taom, boşqa masalliqlardan tayyorlangan, deb işontirişadi. Tergovçi har safar bunday detallar bilan töqnaş kelganida özining asl maqsadi - adolatni eslab qoladi. Biroq yana bir qadam ortga taşlaşga, özligini yöqotişga majbur bölaveradi. Ularga qöşilib öşa taomni iste’mol qiladi.
Bola göşti şu yerda ramzga aylanadi. U töğridan töğri oşxonadagi taom emas, balki jamiyatning kelajagiga işora edi. Bola – ertangi kun. Agar tizim manfaat uçun har narsani qurbon qilaversa, u ertani ham qurbon qiladi. Musallas jamiyatdagi unuttiriş vositasiga aylanadi. Musallas bor joyda xotira zaiflaşadi, uyat susayadi, mas’uliyat unutiladi. Şuning uçun Ding Gouerning tergovi ham, uning içki dunyosi ham asta-sekin parçalanib boradi.
Mo Yan romanda hamma sirlarni sizga oçib bermaydi, ayrim eşiklar yopiq qoladi, kalitni özingiz izlaysiz. Çunki asarda bunday rasvo işlarning kim tomonidan qilinayotgani, nega bu holatlar sodir bölayotgani muhim. Agar jamiyatda inson qadri arzonlaşsa, agar manfaat axloqdan ustun kelsa, unda dahşat faqat miş-miş emas, haqiqatga aylanadi.
***
Mo Yan şu mazmundagi asarlari uçun Nobel mukofotiga loyiq körilgan. Xususan, “Musallas mamlakati” ham gödaklar va yoş qizlarni qurbonlikka tayyorlagan epşteynlar jamiyatining qanday barpo bölişi haqidagi aççiq ma’lumotlarni beradi.
















