O‘zbekiston | 19:00
917
5 daqiqa o‘qiladi

Naqd pul o‘rniga smartfon: Xitoy va yana 50 dan ziyod mamlakatda ANORBANKʼdan HUMO kartasi orqali to‘lov qilish imkoniyati

Odatiy xalqaro kartalar o‘tmaydigan joylarda QR-kod orqali to‘lash mumkin. HUMO, ANORBANK va AliPay+ integratsiyasi tufayli, mamlakatlardagi ko‘plab xaridlar tugmani bir marotaba bosishda – tez va xavfsiz amalga oshiriladi.

Foto: ANORBANK

O‘zbekiston fuqarolarining safarlar geografiyasi jadal kengayib, dam olish, ta’lim va xizmat safarlari uchun yangi mamlakatlarni qamrab olmoqda. Eng jo‘shqin rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri Xitoy bo‘ldi: viza rejimi bekor qilingandan keyin u yerda o‘zbek sayyohlari va tadbirkorlari oqimining o‘sishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda kartalar sohiblarini chet elda to‘lov qilishning maksimal qulay va xavfsiz usuli bilan ta’minlash HUMO milliy to‘lov tizimi uchun ustuvorlikka aylandi.

Shu maqsadda 2025 yilda HUMO global AliPay+ platformasi bilan integratsiyani amalga oshirdi, bu O‘zbekiston banklari uchun HUMO infratuzilmasi orqali jahon moliyaviy tarmog‘iga chiqish imkonini berdi. Yuzaga kelgan afzalliklardan birinchilardan bo‘lib ANORBANK foydalana boshladi, u 2026 yil boshida o‘z mobil ilovasiga AliPay+ orqali to‘lovni joriy etdi. Shu tariqa, ANORBANKʼdan HUMO kartasi Xitoy va o‘nlab boshqa mamlakatlardagi xaridlar uchun universal vositaga aylandi.

ANORBANKʼdan HUMO kartasining imkoniyatlari: chet elda ham uyda o‘rganib qolganingizdek to‘lov qiling

HUMO to‘lov tizimi dunyoning istalgan nuqtasidagi kartalar sohiblari tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni O‘zbekistondagidek oson amalga oshira olishlariga intiladi. AliPay+ bilan sayohat qulaylik haqidagi tasavvurni o‘zgartirib, mijozni valuta kartasini ochish, ayirboshlash shoxobchalarini izlash zaruratidan yoki noodatiy kupyuralarni adashtirib yuborishdan xalos qiladi.

HUMO, ANORBANK va AliPay+ hamkorligini Xitoyda to‘laqonli his qilish mumkin: bu yerda xalqaro plastik kartalar ko‘pincha qabul qilinmaydi, naqd to‘lov qilishda esa, sotuvchida har doim ham qaytim topilmaydi. Kichik do‘konchadan suv sotib olish, ko‘cha taomidan tatib ko‘rish yoki mahalliy bozorda milliy suvenirlar xarid qilish osonlashadi, QR-kod bu mamlakatda anchadan buyon ommalashgan va to‘lovning universal usuliga aylangan.

ANORBANK ilovasida kerakli funksiyani topish oson: “To‘lov” bo‘limida “Tezkor amallar”ni va “AliPay+ bilan to‘lash”ni tanlang. Mablag‘ HUMO kartasidan yechib olinadi va avtomatik ravishda mahalliy valutaga konvertatsiyalanadi. Bundan tashqari, sayyoh safar davomidagi sarf-xarajatlarning hisobini yuritishdan qutiladi – u real vaqt rejimida balansdagi o‘zgarishlarni ko‘radi va budjetni to‘liq nazoratda ushlab turadi.

Chet elga safarlar davomida mablag‘larning ishonchli himoyasi

HUMO, ANORBANK va AliPay+ integratsiyasi moliyaviy xavfsizlik darajasini oshiradi va naqd pul bilan bog‘liq xavotirni kamaytiradi. Safarlarda hamyonni yo‘qotish yoki pulni o‘g‘irlatish ko‘p kuzatiladigan holat sanaladi. QR-kod orqali to‘lov ushbu xatarni sezilarli pasaytiradi, chunki pul hisobda saqlanadi va bank xavfsizlik mexanizmi bilan himoyalangan.

QR orqali to‘lovda sotuvchi karta ma’lumotlariga ega bo‘lmaydi, tranzaksiya esa bank infratuzilmasi ichida shifrlangan kanallar orqali o‘tadi. Qator holatlarda bu gavjum joyda terminalda PIN-kod terishdan ko‘ra xavfsizroqdir.

Jahon HUMO va ANORBANK raqamli to‘lovlari uchun ochiq

ANORBANKʼdan HUMO kartalari sohiblarining imkoniyatlari geografiyasi XXR bilan chegaralanmaydi. Jahon turizm sohasi jo‘shqin sur’atda xitoylik sayyohlarga moslashmoqda, shu sababli AliPay+ orqali to‘lovlar o‘nlab mamlakatlarda, ayniqsa ommabop sayyohlik go‘shalarida qabul qilinadi. Xitoydan tashqari, sayyohlar Qozog‘iston, Ozarboyjon, Gruziya, Yevropa, Turkiya, BAA, Malayziya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQShdagi savdo nuqtalarida to‘lov qila oladilar. AliPay+ ning umumiy geografiyasi 50 dan ziyod davlatni qamrab oladi va muntazam kengayib bormoqda.

Cheklovlarsiz sayohat qiling – HUMO va ANORBANK esa hisob-kitoblaringiz xavfsizligi va qulayligi haqida g‘amxo‘rlik qiladi

Batafsil: Web-sayt | Instagram | Facebook | Telegram | Linkedin

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid