Sog‘lom hayot | 04:42
1329
1 daqiqa o‘qiladi

Psixolog mavsumiy holsizlik bilan surunkali stress orasidagi farqni tushuntirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, surunkali stress bir vaqtning o‘zida uyqu, ishtaha, mehnat qobiliyati va munosabatlarga ta’sir qiladi hamda arzimagan narsalarga ham reaksiya haddan tashqari kuchayib ketadi.

Foto: Pexels

Mavsumiy holsizlikda yaxshi uxlab olish va dam olish kunlari to‘liq hordiq chiqarish yetarli bo‘ladi, surunkali stress esa haftalab davom etadi, dedi Skandinaviya sog‘liqni saqlash markazi psixologi Yelena Shidlovskaya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, surunkali stress uchta belgisi bilan mavsumiy charchoqdan farq qiladi.

“Surunkali stress haftalar davomida tiklanish hissisiz davom etadi, bir vaqtning o‘zida uyqu, ishtaha, mehnat qobiliyati va munosabatlarga ta’sir qiladi hamda arzimagan narsalarga ham reaksiya haddan tashqari kuchayib ketadi”, dedi u.

Psixologning aytishicha, surunkali stress kortizolni qayta ishlashning sutkalik ritmi buzilishi va immunitetdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid