Jahon | 20:57 / 03.03.2026
5395
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil va AQSh yangi oliy rahbarni saylaydigan Eron Ekspertlar kengashi binosiga zarba berdi

Eron davlat televideniyesining xabar berishicha, odamlar binodan oldindan evakuatsiya qilingan va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba paytida Ekspertlar kengashi a’zolari orasida qurbonlar yo‘q. Biroq vayronagarchiliklar ko‘lami katta - binoga jiddiy zarar yetgan.

Foto: AFP

3 mart kuni Isroil harbiylari AQSh Qurolli kuchlari bilan birgalikda Eronning Qum shahridagi Ekspertlar kengashi (Assembly of Expers) binosiga raketa-havo hujumi uyushtirdi.

Tasnim agentligi va Eron davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, zarba avvalroq o‘ldirilgan oliy rahnamo Ali Xominaiyning vorisi uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etadigan yuqori martabali diniy va siyosiy arboblar binoda bo‘lishi mumkin bo‘lgan paytda amalga oshirilgan.

Eron davlat televideniyesining xabar berishicha, odamlar binodan oldindan evakuatsiya qilingan va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba paytida Ekspertlar kengashi a’zolari orasida qurbonlar yo‘q. Biroq vayronagarchiliklar ko‘lami katta - binoga jiddiy zarar yetgan.

Avvalroq, 28 fevral kuni Isroil va AQSh havo hujumi oqibatida Ali Xominaiyning o‘zi halok bo‘lgan, bu esa hokimiyatning to‘satdan o‘zgarishiga va mamlakatning yangi rahbarini zudlik bilan tayinlash zaruratiga olib kelgan edi.

Hodisa Isroil va Eron o‘rtasida allaqachon davom etayotgan mojaro keskinlashuvining yangi bosqichi bo‘lib, unda o‘zaro zarbalar, jumladan, Isroil hududini o‘qqa tutish va mintaqadagi Amerika obektlariga hujumlar kuzatilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid