Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish hududlari belgilandi
Prezident qaroriga muvofiq, ko‘p kvartirali turar joy majmualarini kompleks qurilish tamoyillari asosida barpo etish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladigan hududlar belgilandi.
Foto: Kun.uz
Mazkur tashabbus shaharsozlikni tizimli tashkil etish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra, kompleks qurilish loyihalari quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:
- Toshkent shahrida — Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on mahallasi, Mirobod tumani Abdurauf Fitrat mahallasi hamda Sergeli tumani Xonobodtepa mahallasi;
- Namangan viloyatida — Namangan shahri Ravnaq mahallasi;
- Samarqand viloyatida — Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasi;
- Qashqadaryo viloyatida — Qarshi shahri Xontepa mahallasi.
Ushbu hududlarda ko‘p kvartirali turar joy majmualari namunaviy loyihalar asosida barpo etilib, qurilish ishlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy infratuzilma obektlari va obodonlashtirish ishlari bilan birgalikda kompleks tarzda amalga oshiriladi.
Mazkur loyihalar shaharlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy shaharsozlik standartlarini joriy etish hamda aholini sifatli va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
17:29 / 31.03.2026
Yangi uylarning tomi ham bazalt bilan qoplanadi
14:26 / 31.03.2026
Quruvchilarga yangi ekologik majburiyatlar yuklandi
10:31 / 30.03.2026