Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisligidan ketdi
Tashkilotga Odiljon Tojiyev yangi rahbar etib saylangan.
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi.
Sherzodxon Qudratxo‘ja mazkur lavozimda 2022 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U ayni vaqtda 2018 yildan buyon O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori hisoblanadi.
Uning o‘rniga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Odiljon Tojiyev Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi etib saylangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi – 2003 yilda tashkil etilgan (o‘sha vaqtda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi nomi bilan) va mamlakatning ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, media sanoatini rivojlantirish, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash hamda turli ta’lim va kasbiy loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
11:28 / 31.12.2025
Ekologiya, mediamakon va diplomatiya. 2025 yilgi O‘zbekiston – faollar nigohida
14:40 / 14.08.2025
Sherzodxon Qudratxo‘jani haqorat qilgan shaxs jarimaga tortildi
14:23 / 28.12.2024
«Ramzan Qodirov O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rashi kerak» – Odiljon Tojiyev
23:00 / 04.11.2024