Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda realizatsiya qilinmagan mol-mulkka oid yangi tartib joriy etildi
O‘zbekistonda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchida qoldirish holatlariga oid yangi tartib belgilandi. Qonunga ko‘ra, bunday vaziyatda mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.
Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga muvofiq, agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi taklifga rozilik bildirsa, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mazkur mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.
Shu bilan birga, davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki hisobga qo‘yish uchun asos bo‘ladi.
Qonunga ko‘ra, mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida saqlanib qoladi. Faqat undiruvchi ushbu majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan hollar bundan mustasno hisoblanadi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:56 / 25.01.2024
Kimlarga xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilishga ruxsat berilishi aytildi
13:50 / 16.12.2023
Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i miqdorlari o‘zgardi
09:37 / 05.12.2021
Qoraqalpog‘istonda MChJ nomidagi 1 mlrd so‘mlik mulklarni sobiq rahbarlar sotib yubordi
07:58 / 29.07.2021