Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Eronda yangi Oliy rahbar va Trampdan bayonotlar
9 mart kuni Eron xavfsizlik kuçlarida ta’sirga ega Mujtaba Xominaiy otasi Ali Xominaiyning örniga Oliy rahbar etib tayinlandi. Otasi nazoratidagi ulkan biznes tarmoqlarini boşqargan Mujtaba Xominaiy 88 ruhoniydan iborat Ekspertlar kengaşi tomonidan ötkazilgan ovoz beriş jarayonida asosiy nomzod sifatida körilayotgandi.
Eron qurolli kuçlari va Islom inqilobi muhofizlari korpusi Mujtaba Xominaiyga sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Eron xavfsizlik kengaşi rahbari Ali Larjoniy xalqni yangi rahbar atrofida birlaşişga çaqirdi. Uşbu lavozim Mujtabaga Islom Respublikasidagi barça davlat masalalarida sönggi sözni aytiş huquqini beradi.
Isroil esa uşbu e’londan oldin kim saylanişidan qat’i nazar, uni nişonga oliş bilan tahdid qilgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp esa Eronga qarşi uruşni «deyarli yakunlangan» deb hisoblamoqda. U özi rejalaştirgan dastlabki 4-5 haftalik muddatdan «ança ilgarilab ketganini» bildirdi.
«Menimça, uruş deyarli tugadi. Ularda na harbiy dengiz floti, na aloqa tizimi va na harbiy havo kuçlari qoldi», dedi Tramp SBC News naşriga.
Hormuz böğozi haqidagi savolga javob berar ekan, Tramp hozirda kemalar u yerda harakatlanayotganini, u böğozni «egallaş haqida öylayotganini» aytdi.
Eronning yangi Oliy rahbari Mujtaba Xominaiy haqida söralganida esa, Tramp: «mening unga aytadigan gapim yöq», deb javob berdi. Tramp Eronni boşqariş uçun özining nomzodi borligini aytdi, biroq aynan kimligini oçiqlamadi.
Uruşning oğir oqibatlari esa davom etmoqda. Xususan, AQŞ va Isroil hujumlari natijasida Eronda 1,3 mingdan ortiq tinç aholi halok bölgan, yana minglab kişilar yaralangan. Livanda Isroil hujumi qurbonlari soni ham qariyb 500 nafarga yaqinlaşdi. Eronning bir hafta oldingi qarşi hujumida yaralangan yettinçi amerikalik harbiy ham vafot etdi.
Kengayib borayotgan uruş neft savdosiga jiddiy ta’sir körsatdi. Bir haftalik uruşi fonida neft narxi bir barreli uçun 100 dollardan oşib ketdi.
Yakşanba kuni Tehron osmonini qora tutun qopladi. Isroil neft omborlarini nişonga oldi. Eron buni «uruş jinoyati» va mojaroning «xavfli yangi bosqiçi» deb atadi.











