Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
Qirg‘izistonlik ulamolar Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo kengashiga asoslanib, Ramazon hayiti 20 mart sanasiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ham ushbu Kengashga a’zo.
Sultan Dosaliyev / Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Agar Hayit ayyomi O‘zbekistonda ham 20 mart kuniga to‘g‘ri kelsa, bu yilgi Ramazon oyi ham 29 kunda yakunlanishi mumkin.
Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026 yilgi Ramazon hayiti bayrami 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Diniy boshqarma 10 mart kuni e’lon qilingan ushbu qaror – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Fatvo kengashida qabul qilinganini bildirgan.
Aslida, diniy bayramlarning aniq sanasi oy ko‘rinishiga qarab 1 kunga farq qilishi mumkin. Bu holat joriy yil Ramazon oyining boshlanishida ham kuzatildi. Xususan, Saudiya Arabistoni oy kuzatish qo‘mitasi va unga ergashgan bir necha mamlakatlar joriy yil 18 fevraldan Ramazon oyini kutib oldi. Boshqa ko‘plab musulmon mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari ham Ramazonni 19 fevraldan boshladi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu safar Ramazon hayiti sanasi borasida ham mintaqadagi barcha diniy idoralar astronomik hisob-kitoblar asosida 20 mart sanasida to‘xtalishgan. Bu sana – joriy yil 2-4 fevral kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo hay’atining maslahat yig‘ilishida kelishilgan.
Ushbu Fatvo hay’atiga Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar: Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va kuzatuvchi davlatlari Turkmaniston, Vengriya muftiyatlari vakillari kiradi.
Lekin hozircha, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ramazon hayitining sanasi borasida aniq ma’lumot bermadi. Agar, diniy idora e’lon qilgan taqvim bo‘yicha Ramazon oyi 30 kun davom etsa, hayit bayrami 21 martga o‘tishi mumkin. Aksincha, 20 mart Hayit kuni bo‘lsa, 2026 yilgi Ramazon oyi ham 29 kundan iborat bo‘ladi.
2025-yilda ham Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston ulamolarning hisob-kitoblariga ko‘ra Ramazon oyi 29 kunda yakunlangan edi.
Kun.uz bu borasida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmatiga so‘rov yubordi.
Mavzuga oid
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
09:08 / 24.02.2026