Foydali | 15:45
2855
11 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy OTMga kirish uchun IELTS’dan necha ball olish kerak?

Til sertifikati xorij oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun asosiy talablardan biri bo‘lib qolmoqda. Xorij universitetiga kirish uchun odatda IELTS 6.5–7.0 talab qilinadi: 6.5 - aksariyat dasturlar uchun minimal ball, 7.0 - raqobatli daraja, Buyuk Britaniyaning top OTMlari uchun esa 7.5 va undan yuqori ball bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, deyarli barcha joylarda har bir seksiya (Listening, Reading, Writing, Speaking) bo‘yicha ham minimal talab mavjud - ko‘pincha 6.0 dan past bo‘lmasligi kerak.

Foto: Shutterstock

Biz Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo universitetlarining rasmiy talablarini jamladik va IELTS’ning qaysi natijasi nafaqat tanlovda ishtirok etish, balki o‘qishga qabul qilinish uchun haqiqiy imkoniyat berishini aniqladik.

IELTS’da minimal ball nimani anglatadi?

Minimal ball — bu universitet arizani ko‘rib chiqishni boshlaydigan chegara, u o‘qishga qabul qilinish kafolati emas.

Agar universitet «IELTS 6.5 overall va har bir seksiya bo‘yicha kamida 6.0» deb ko‘rsatsa, bu quyidagilarni bildiradi:

  • bu chegaradan past natija avtomatik ravishda rad etiladi;
  • chegaraga muvofiq natija ko‘rib chiqiladi;
  • yakuniy qaror tanlov va akademik yo‘nalishga bog‘liq.

Ommabop yo‘nalishlarda o‘qishga kirgan abituriyentlarning haqiqiy balli ko‘pincha e’lon qilingan minimal balldan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun mo‘ljalni eng past chegaraga emas, balki haqiqiy tanlov diapazoniga qarab olish kerak.

Rasmiy minimum (entry requirement)

Bu admission requiremens sahifasida e’lon qilingan ball. U hujjat topshirish imkonini beradi.

Tanlovning qabul darajasi

Agar dasturda 6.5 ko‘rsatilgan bo‘lsa, amalda 7.0–7.5 ballga ega abituriyentlar qabul qilinadi. Bu ayniqsa akademik yuklamasi yuqori bo‘lgan huquq, xalqaro munosabatlar, tibbiyot, jurnalistika yo‘nalishlarida yaqqol ko‘rinadi.

Nima uchun seksiya bo‘yicha talablar jami balldan ko‘ra muhimroq?

Jami ball — bu to‘rtta ko‘nikmaning o‘rtacha qiymati. Lekin universitet natija profilini ham baholaydi.

Gumanitar, huquq va ijtimoiy dasturlarda aynan Writing ko‘pincha hal qiluvchi ko‘rsatkichga aylanadi, chunki akademik yozish — o‘qitishning asosiy vositasi hisoblanadi.

Bu tamoyillar amalda qanday ishlashini tushunish uchun turli mamlakatlardagi ayrim universitetlarning talablarini ko‘rib chiqamiz.

Turli mamlakatlardagi universitetlar uchun qanday ballar talab qilinadi?

Bakalavriat uchun IELTS

Turli mamlakatlardagi yetakchi universitetlarda bakalavriat uchun IELTS Academic darajasi talablari

Colorado State University sahifasida ingliz tilini bilish darajasiga qo‘yilgan talablar

Universitetlar talablarida nimalar ko‘rsatiladi

  • Ko‘p mamlakatlarda minimal chegara 6.5 overall darajasidan boshlanadi.
  • Raqobat dasturlari minimal ko‘rsatkichdan yuqori natijalarga mo‘ljallanadi.
  • Deyarli hamma joyda har bir seksiya bo‘yicha majburiy minimum amal qiladi.
  • AQShda conditional admission bo‘lishi mumkin, bunda yakuniy qaror nafaqat IELTS, balki akademik profilga ham bog‘liq bo‘ladi.

Bu raqamlar nafaqat rasmiy chegarani, balki mamlakatlarning til bo‘yicha tayyorgarlikni baholashdagi yondashuvlari tafovutini ham aks ettiradi.

Mamlakatlar bo‘yicha IELTS Academic o‘rtacha talablari

Agar talablar umumiylashtirilsa, mamlakatlar va ta’lim darajasi bo‘yicha o‘rtacha diapazonlarni ajratish mumkin.

Bakalavriat (IELTS Academic)

Mamlakatlar bo‘yicha bakalavriat uchun IELTS Academic o‘rtacha talablari

Magistratura (IELTS Academic)

Mamlakatlar bo‘yicha magistratura uchun IELTS Academic o‘rtacha talablari

Ball bilan birga, imtihon shaklini ham to‘g‘ri tanlash muhim.

IELTS qaysi versiyasini topshirish kerak?

Universitetga kirish uchun IELTS Academic talab qilinadi.

  • IELTS General immigratsiya va ishga joylashish uchun kerak va akademik dasturlar uchun mos kelmaydi.
  • IELTS Academic UKVI — bu tuzilishi va murakkabligi bo‘yicha o‘sha imtihon, faqat SELT vizaviy maqomiga ega. U dastur bevosita Buyuk Britaniya viza talablari (foundation, pre-sessional, degree level dan quyi dasturlar) bilan bog‘liq hollarda talab qilinadi.

Agar dastur shartlarida UKVI ko‘rsatilmagan bo‘lsa, standart IELTS Academic yetarli. Agar talab qilingan ball to‘planmasa, o‘qishga kirish uchun muqobil yo‘llar mavjud.

Past ball yoki IELTS’siz o‘qishga kirish mumkinmi?

Past ball avtomatik rad etilish degani emas. Ko‘p mamlakatlarda o‘qishga kirishning muqobil yo‘llari bor.

Foundation-dasturlar

Foundation — bakalavriatga tayyorlanish yiliyu

Odatiy talablar:

  • 5.0–5.5 IELTS
  • Ba’zan seksiyalar bo‘yicha 5.0 bo‘lganida 5.0 overall

Buyuk Britaniya, Avstraliya, Malayziya universitetlari shunday dasturlarni taklif qiladi. Foundation muvaffaqiyatli tamomlangach, talaba 1-kursga o‘tadi. Bu o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun 6.5 olish qiyin bo‘lganida keng tarqalgan yo‘ldir.

Pathway-dasturlar

Pathway — akademik moslashuv + til.

Talablar:

  • 5.0–5.5
  • ba’zan til kursi sharti bilan bundan past natija ham qabul qilinadi

Bu dasturlar Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliyada mavjud.

Conditional offer

Universitet shartli ravishda qabul qilishi mumkin.

Bu quyidagicha bo‘ladi:

Offer is conditional upon achieving IELTS 6.5. Talabaga o‘rin beriladi, lekin belgilangan muddatgacha imtihon topshirishi shart. Bu Buyuk Britaniya va Avstraliyada tarqalgan amaliyot.

Universitetning ichki testi

Ayrim universitetlar ingliz tilidan o‘z onlayn-testlarini o‘tkazadi

Bu quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin:

  • agar talaba maktabni ingliz tilida tamomlagan bo‘lsa
  • agar dasturda rasmiy SELT talab qilinmasa
  • agar universitet til darajasini o‘zi mustaqil tasdiqlash huquqiga ega bo‘lsa

Yevropaning ayrim universitetlarida, masalan Polshada (Jagiellonian University) ingliz tilini bilish darajasi suhbatda tekshirilishi mumkin. Ariza berish bosqichida IELTS rasmiy sertifikati shartmas, lekin o‘qishga kirish chog‘ida B2 darajasi tasdiqlanishi shart.

IELTS’ga muqobil testlar

Ko‘p universitetlar quyidagi testlarni qabul qiladi:

  • TOEFL iBT
  • PTE Academic
  • Duolingo English Test

Duolingo AQSh va Kanadada qo‘llaniladi, lekin Britaniya vizasi uchun to‘g‘ri kelmaydi.

O‘qishga kirishda yana qanday sertifikatlar talab qilinishi mumkin?

Turli mamlakatlardagi universitetlarda til testidan tashqari (IELTS, TOEFL, PTE v.b.) standartlashgan akademik imtihonlar talab qilinishi yoki tavsiya etilishi mumkin.

SAT / ACT

Asosan AQShda foydalaniladi, lekin Osiyo va Yevropaning qator universitetlarida ham qabul qilinadi.

  • Matematika, tanqidiy o‘qish, matn tahlili tekshiriladi.
  • AQShda majburiy yoki «highly recommended».
  • Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliyada talab qilinmaydi, lekin arizani kuchaytirishi mumkin.

AP (Advanced Placement)

Alohida fanlar bo‘yicha imtihonlar.

  • Akademik ustunlik deb hisoblanishi mumkin.
  • Ba’zan fanlardan imtihon topshirmaslik imkonini beradi (credit transfer).
  • AQSh va Osiyoning top OTMlarida raqobatbardoshlikni oshiradi.

IB Diploma

Xalqaro bakalavriat.

  • Ko‘pincha milliy attestatga nisbatan muqobil hujjat sifatida ko‘riladi.
  • Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yevropada IB qo‘shimcha testlar o‘rnini egallashi mumkin.

A-Level

Britaniya yuqori maktab tizimi.

  • Buyuk Britaniyada o‘qishga kirish uchun asosiy akademik mezon.
  • Osiyo va Yevropa universitetlarida ham qo‘llaniladi.

Mamlakat davlat tiliga nisbatan talablar

Ayrim mamlakatlarda agar dastur ingliz tilida olib borilmasa, milliy tilni bilishni tasdiqlash talab etilishi mumkin.

Masalan:

  • Janubiy Koreya — koreys tilidagi dasturlar uchun TOPIK sertifikati (Test of Proficiency in Korean) talab qilinadi.
  • Germaniya — nemis tilidagi dasturlar uchun TestDaF yoki DSH sertifikatlari kerak.
  • Fransiya — fransuz tilida o‘qish uchun DELF/DALF kerak.

Hatto dastur ingliz tilida bo‘lsa ham universitet moslashish va stajirovka uchun mahalliy tilni bilishni tavsiya qilishi mumkin.

Nimalarni bilish muhim?

Til bo‘yicha test ingliz tili bo‘yicha bilimni tasdiqlaydi. SAT, IB, A-Level va boshqa imtihonlar akademik tayyorgarlikni tasdiqlaydi. AQShda SAT/ACT muhim rol o‘ynashi mumkin. Buyuk Britaniya va Avstraliyada ko‘pincha maktabdagi natijalar va fanlar bo‘yicha talablar asosiy mezon hisoblanadi. Osiyoda aksariyat universitetlar jamlangan modeldan foydalanadi: attestat + xalqaro test + suhbat.

Kuchli dasturlar uchun ko‘pincha standartlashgan imtihonlar raqobatli tanlov omili bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Bu talablar mamlakatdagi ingliz tilini bilish darajasiga qanchalik mos kelishi alohida masala.

O‘zbekistonda IELTS qayerda topshiriladi?

Imtihonlarni British Council va IDP Education o‘tkazadi. Toshkentda test markazlari faoliyat ko‘rsatadi, imtihonlar jadvali tashkilotlarning rasmiy saytlarida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi qancha?

2026 yil uchun narx — 2,664,000 so‘m.

IELTS 2 yil amal qiladi. Bu muddatdan so‘ng universitetlar uni qabul qilmaydi.

O‘zbekistonda ingliz tilini bilishning o‘rtacha darajasi

EF Education First ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada dunyoda 104-o‘rinda turadi.

EF English Proficiency Index 2025 ma’lumotiga ko‘ra ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha global reyting

Bu xalqaro EF klassifikatsiyasi bo‘yicha mamlakat ingliz tilini bilish quyi darajada bo‘lgan toifaga kirishini anglatadi.

Ko‘nikmalar bo‘yicha tafsilot:

  • Reading — 420
  • Listening — 385
  • Writing — 498
  • Speaking — 454

O‘zbekiston EF EPI global reytingida: jami ball va ko‘rsatkichlar

O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun bu nimani anglatadi?

Mamlakatda ingliz tilini bilishning o‘rtacha darajasi aksariyat xalqaro dasturlar talablariga nisbatan past.

Bu 6.5–7.0 natijaga erishish uchun akademik ingliz tili, ayniqsa Writing va Listening bo‘yicha maqsadli tayyorlanish va tizimli ishlash talab qilinishini anglatadi.

Xulosa

  • Xorij OTMlarining IELTS bo‘yicha talablari O‘zbekistondagi ingliz tilini bilishning o‘rtacha darajasidan yuqoriroq.
  • Rasmiy 6.5 minimum olish ommabop yo‘nalishlarda raqobatbardoshlikni kafolatlamaydi.
  • Har bir seksiya bo‘yicha, ayniqsa gumanitar va professional dasturlar uchun talablar juda muhim.
  • Imtihonga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin nafaqat ballni, balki mamlakatning viza bo‘yicha shartlarini ham tekshirish zarur.
  • «Eng past o‘tish balli» strategiyasi kamdan-kam foyda beradi — ishonchli tarzda kirish uchun zaxira ball kerak.
Асал Равшанова
Tayyorlagan Асал Равшанова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid