O‘zbekiston | 21:38 / 12.03.2026
842
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: TIV

Tashqi ishlar vazirligida BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘monning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

«Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdik. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek barcha nizolarni diplomatik yo‘llar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligini ta’kidladik. O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildik», deyiladi xabarda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid