Avval xabar berilganidek, 16 apreldan boşlab Namangan viloyatida mol-mulk va yer soliqlari böyiça umumiy summasi 1 mln sömdan oşgan qarzdorlikni undiriş uçun eksperiment tariqasida elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanib köriladi.
Soliq qömitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “svet uçun balansda pul bölsa ham, svet öçiriladi” degan mazmundagi talqinni rad etdi.
Qömitaga köra, soliq qarzdorligi 1 mln sömdan oşgan jismoniy şaxslar “bir neça bosqiçda ogohlantirilgandan keyin ham qarzdorlikni tölamagan taqdirda”, elektr energiyasi öçirilmaydi, balki elektr uçun tölov qilişga vaqtinça çeklov kiritiladi.
Çeklov aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi toifalariga qöllanilmaydi:
- nogironligi bölgan şaxslar (1 va 2-guruh);
- boquvçisini yöqotgan oilalar;
- ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar;
- qonunçilikda belgilangan boşqa imtiyozli toifalar.
“Namangan viloyatida bugungi kunda 1 mln sömdan yuqori qarzdorligi mavjud jismoniy şaxslar soni 45,8 ming nafarni taşkil etadi. Bu esa jami 531,2 ming nafar soliq tölovçining 8 foizidir”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Ulardan qançasi yuqorida sanab ötilgan imtiyozli toifalarga kirmasligi xabarda keltirilmagan.
Mazkur tizim 16 apreldan eksperiment tariqasida Namangan viloyatida yölga qöyiladi. Eksperiment natijalaridan kelib çiqib mazkur tajribani boşqa hududlarda joriy etiş yoki etmaslik yuzasidan 2026 yil 1 oktyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi. Ya’ni elektr energiyasining billing tizimi mexanizmi töğridan töğri barça hududlarda joriy etilmaydi.
Soliq qömitasining eslatişiça, jismoniy şaxslarning 1 mln sömdan yuqori soliq qarzdorligi qonunçilikka muvofiq sud tartibida undirilişi ham mumkin, lekin bu qöşimça davlat boji va ijro yiğimlariga sabab böladi.
Eslatib ötamiz, 2025 yildan boşlab barça hududlarda çiqindi qarzdorligi uçun abonentning elektr energiyasiga tölov qiliş imkoniyatini çeklab qöyiş












