Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jalol Arashov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. U 2022–2023 yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.
Foto: Qurilish vazirligi
Prezident qarori bilan Jalol Samandarovich Arashov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jalol Arashov 2023 yil avgustidan buyon Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U 2022–2023 yillarda ham qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Undan avval Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
21:39 / 01.04.2026
Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
18:58 / 28.03.2026
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori tayinlandi
09:40 / 18.03.2026
Fazliddin Salomov Ekopolitsiya boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
08:40 / 16.03.2026