O‘zbekiston | 21:04 / 09.04.2026
2483
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi

Denovlik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashina “Termiz avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chuqurlashtirilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Yuk mashinada bo‘lgan afg‘on qozonlari ichidan qariyb 200 kg gashish topilgan.

Foto: DXX

Surxondaryoda katta miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Afg‘onistondan “Termiz avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan yuk mashinasi chuqurlashtirilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. U oldindan kuzatuvga olingan Denov shahrida yashovchi 35 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan.

Mashina yukxonasida 750 dona afg‘on qozoni bo‘lgan. Tekshiruvda ularning 210 donasi ichiga xufiyona tarzda 190 kg 800 gramm gashish moddasi yashirilgani aniqlangan. Ushbu afg‘on qozonlari ishlab chiqaruvchi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlaridan biridagi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt nomiga yuborilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga 25 kg opiy va gashish olib kirishga uringan ikki shaxs qo‘lga olingandi

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid