O‘zbekiston | 12:23
1557
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Yangiyo‘l shahrining Lazzat mahallasida tadbirkor 121 ta daraxtni noqonuniy qo‘porib tashlagan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 1,68 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati

Ekopolitsiya Toshkent viloyatida o‘tkazgan reydda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi.

Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l shahri Lazzat MFYda S.B. MChJ tomonidan hududdagi jami 121 tup daraxt noqonuniy ravishda kesilgan va maxsus texnika yordamida qo‘porib tashlangan.

Natijada o‘simlik dunyosiga 1,68 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

To‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi, deyiladi xabarda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid