Ekopolitsiya Toshkent viloyatida o‘tkazgan reydda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi.
Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l shahri Lazzat MFYda S.B. MChJ tomonidan hududdagi jami 121 tup daraxt noqonuniy ravishda kesilgan va maxsus texnika yordamida qo‘porib tashlangan.
Natijada o‘simlik dunyosiga 1,68 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

To‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi, deyiladi xabarda.











