O‘zbekiston | 18:23
677
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslarning xorijdan biofaol qo‘shimchalar olib kirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Endilikda jismoniy shaxslar xorijdan 10 xil nomdagi birlamchi qadoqda bo‘lgan biologik faol qo‘shimchalarni har biridan bitta qadoqdan oshmagan miqdorda olib kirishlari mumkin. Faqat bunda ularning umumiy og‘irligi 3 kilodan ko‘p bo‘lmasligi shart.

Foto: iStock

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar xorijdan 10 xil nomdagi birlamchi qadoqda bo‘lgan biologik faol qo‘shimchalarni har biridan bitta qadoqdan oshmagan miqdorda olib kirishlari mumkin. Faqat bunda ularning umumiy og‘irligi 3 kgdan ko‘p bo‘lmasligi shart.

Bunga qadar jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan biologik faol qo‘shimchalarning me’yorlari ularning shakliga (suyuq, kukun, tabletka va boshqalar) qarab belgilangan edi.

Bojxona qo‘mitasining qayd etishicha, tabletka yoki kapsula ko‘rinishidagi biologik faol qo‘shimchalardan 100 donagacha olib kirish mumkin edi. Ammo aynan shu turdagi biologik faol qo‘shimcha 1 ta qadoqda 100 donadan ziyod qadoqlangan holatlar amaliyotda ko‘p uchragan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid