Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona çegarasi orqali olib ötiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga özgartiriş kiritildi.
Özgartirişlarga köra, endilikda jismoniy şaxslar xorijdan 10 xil nomdagi birlamçi qadoqda bölgan biologik faol qöşimçalarni har biridan bitta qadoqdan oşmagan miqdorda olib kirişlari mumkin. Faqat bunda ularning umumiy oğirligi 3 kgdan köp bölmasligi şart.
Bunga qadar jismoniy şaxslar tomonidan öz ehtiyojlari uçun olib kiriladigan biologik faol qöşimçalarning me’yorlari ularning şakliga (suyuq, kukun, tabletka va boşqalar) qarab belgilangan edi.
Bojxona qömitasining qayd etişiça, tabletka yoki kapsula körinişidagi biologik faol qöşimçalardan 100 donagaça olib kiriş mumkin edi. Ammo aynan şu turdagi biologik faol qöşimça 1 ta qadoqda 100 donadan ziyod qadoqlangan holatlar amaliyotda köp uçragan.











