O‘zbekiston | 19:00
550
5 daqiqa o‘qiladi

HUMO National AI Hackathon’da rivojlanish strategiyasini taqdim etdi

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO to‘lov tizimi) O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan izchil davlat siyosati doirasida, mamlakat prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan umumxalq sun’iy intellekt hakatoni – National AI Hackathon’da ishtirok etdi.

Foto: HUMO

Tadbir davomida davlat va xususiy sektorlarda raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha asosiy natijalar taqdim etildi. Ishtirokchilar va mehmonlarga “Raqamli hukumat” konsepsiyasi doirasidagi ilg‘or yechimlar, shuningdek transport, bojxona va soliq ma’murchiligi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, energetika, geologiya, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi ishlanmalar namoyish etildi.

Fintex yo‘nalishining asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida O‘zbekistonning naqdsiz hisob-kitoblar milliy infratuzilmasini taqdim etuvchi HUMO to‘lov tizimi qatnashdi.

HUMO: milliy to‘lov tizimi texnologik mustaqillikning asosi hisoblanadi

“MBPM” AJ (HUMO) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi PQ-3945-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. O‘z protsessing markazining yaratilishi mamlakat moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, texnologik mustaqillikni ta’minlash, to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish hamda xalqaro to‘lov tizimlariga qaramlikni kamaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

Milliy infratuzilmani rivojlantirishning iqtisodiy samarasi allaqachon sezilarli darajaga yetdi: faqat 2025 yilda HUMO yechimlaridan foydalanish orqali mamlakat iqtisodiyoti ichida qariyb 600 million AQSh dollari saqlab qolindi, bu esa bozor ishtirokchilari xarajatlarini kamaytirib, resurslarni milliy va texnologik loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini berdi.

Strategik yo‘nalish — o‘zbek so‘mining ekspansiyasi va to‘lov usullarini global miqyosda rivojlantirish

Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston bozorlarida xalqaro to‘lov tizimlari faol kengayayotgan bir paytda, HUMO mamlakatning o‘z “moliyaviy relslari” asosida mustaqil to‘lov infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan rivojlanish strategiyasini amalga oshirmoqda.

HUMO’ning asosiy strategik ustuvor yo‘nalishi — xalqaro bozorda so‘mda eng qulay to‘lov tizimini yaratish.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi yechimlarni rivojlantirmoqda:

 * xorijda tovar va xizmatlar uchun milliy valutada to‘lov qilish;

 * mamlakat tashqarisida ham odatiy to‘lov vositalaridan foydalanish;

 * xalqaro to‘lov tizimlariga nisbatan yanada qulay shartlarga ega bo‘lish.

Shu tariqa, HUMO O‘zbekistonning o‘z “moliyaviy relslari”ni – iqtisodiy samaradorlik, xavfsizlik va suverenitetni ta’minlovchi mustaqil infratuzilmani shakllantirmoqda.

Xalqaro rivojlanish: Markaziy Osiyodan global maydonga

Mazkur strategiya allaqachon mamlakat tashqarisiga chiqmoqda.

Xalqaro yo‘nalish doirasida HUMO Alipay+ bilan integratsiya orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida o‘zbek so‘mida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini ta’minlamoqda. Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Gruziya bilan o‘zaro hisob-kitob loyihalari yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek yangi hamkorlik yo‘nalishlari shakllantirilmoqda. Keyingi bosqichda hamkorlik geografiyasi kengaytirilib, Turkiya, BAA, Hindiston, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Singapur va Mongoliyani qamrab olishi rejalashtirilgan.

Mazkur qadamlar nafaqat transchegaraviy to‘lovlarni rivojlantirish, balki O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy tizimdagi rolini kuchaytirishga ham xizmat qiladi.

Yangi to‘lov texnologiyalari va AI yondashuvi

Raqamli transformatsiya doirasida HUMO quyidagi zamonaviy to‘lov yechimlarini rivojlantirmoqda:

 * muqobil to‘lov usullarini joriy etish, jumladan, QR-to‘lovlar

* raqamli moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish;

 * sun’iy intellekt texnologiyalarini moliyaviy xizmatlarga integratsiya qilish.

Kompaniya shuningdek, raqamli aktivlar yo‘nalishida ham loyihalarni amalga oshirmoqda, jumladan, steyblkoinlar chiqarish va kriptokartalarni rivojlantirish orqali an’anaviy va raqamli moliyaviy vositalarni yagona ekotizimga birlashtirmoqda.

Mamlakat raqamli transformatsiyasida HUMO’ning o‘rni

HUMO’ning National AI Hackathon’dagi ishtiroki kompaniyaning O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishdagi tizimli rolini aks ettiradi.

Bugungi kunda HUMO — bu nafaqat to‘lov tizimi, balki moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlovchi, innovatsion texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlovchi, foydalanuvchilar uchun yangi to‘lov ssenariylarini shakllantiruvchi hamda O‘zbekistonning global raqamli iqtisodiyotga integratsiyasiga xizmat qiluvchi milliy infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi.

Batafsil:  Sayt Instagram | Facebook | Telegram | Linkedin

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid