O‘zbekiston | 19:00 / 05.03.2026
847
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Halyk Bank va Tenge Bank Qozog‘istonda HUMO orqali to‘lovlarni yo‘lga qo‘ydi

Halyk Bank va uning shu’ba korxonasi – Tenge Bank O‘zbekistonning HUMO milliy to‘lov tizimi bilan birgalikda HUMO tizimi qatnashchilari bo‘lgan banklar kartalarining sohiblariga Qozog‘iston hududida Halyk Bank POS-terminallari orqali xaridlar va xizmatlar uchun haq to‘lash imkonini beruvchi servisni yo‘lga qo‘ydi.

Foto: HUMO

Endi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning eng yirik POS-tarmog‘ida odatiy bank kartasi bilan, valuta ayirboshlash yoki naqd mablag‘ yechish zaruratisiz to‘lov qilishlari mumkin. Barcha operatsiyalar o‘zbek so‘mida, avtomatik konvertatsiya asosida amalga oshiriladi, tranzaksiyalar esa real vaqt rejimida qayta ishlanadi.

Halyk Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Narimon Mukushev qayd etishicha, servisning ishga tushirilishi transchegaraviy to‘lov yechimlari rivojidagi muhim qadam sanaladi: “Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi naqdsiz hisob-kitoblarni soddaroq va hammaboproq qiluvchi servisni ishga tushirmoqdamiz. Qozog‘iston va O‘zbekiston ikki tomonlama amaliy, sayyohlik va xususiy safarlarning barqaror o‘sishini namoyish etmoqda va bu loyiha odamlar hamda iqtisodiyotning real ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondiradi. Halyk Bank POS-tarmog‘ida HUMO tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish – bu transchegaraviy to‘lov servislari rivojidagi muhim qadamdir. U O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istondagi hisob-kitoblarining maksimal sodda, qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi, biznesga esa yangi mijozlar oqimi uchun yo‘l ochadi. Halyk Bank uchun bu Markaziy Osiyoda transchegaraviy servislarni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarning bir qismi sanaladi. 

Servis Qozog‘istonga ish, biznes, ta’lim, davolanish, sayyohlik yoki shoping maqsadlarida tashrif buyuradigan o‘zbekistonlik mehmonlar uchun hisob-kitoblarni sezilarli soddalashtiradi. Qozog‘iston biznesi uchun esa, bu xizmat to‘lovlarni Halyk Bank ekvayring infratuzilmasiga to‘liq integratsiyalashgan sodda va barqaror to‘lovlar qabul qilinishini ta’minlaydi.

To‘lov jarayoni maksimal darajada sodda: mijoz xarid haqini HUMO to‘lov tizimiga ulangan jismoniy yoki raqamli bank kartasi bilan, jumladan NFC orqali to‘laydi. POS-terminal avtomatik ravishda to‘lov tizimini aniqlaydi, konvertatsiyani amalga oshiradi va mijoz yoki sotuvchi tomonidan qo‘shimcha harakatlarsiz, to‘lovni tasdiqlaydi. 

Tenge Bank, Halyk Bank ekotizimining bir qismi sifatida, moliyaviy servislarni izchil rivojlantirib, ularni chegaraning ikkala tomonida insonlar uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Halyk Bank terminal tarmog‘ida HUMO tizimi orqali to‘lovlar qabulining yo‘lga qo‘yilishi HUMO kartalari sohiblari uchun qo‘shimcha kartalarni rasmiylashtirish zaruratisiz, odatiy to‘lov vositasidan foydalangan holda Qozog‘istonda tezkor va shaffof to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi”,- “Tenge Bank” ATB Boshqaruvi raisi Faleyev Beybit Xamitovich. 

Servisning ishga tushirilishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi safarlar oqimining o‘sib borishiga munosib javob bo‘ldi. Oldinlari O‘zbekiston fuqarolari asosan naqd puldan yoki qo‘shimcha komissiyaga ega ayirboshlash shoxobchalari xizmatidan foydalanardilar. Yangi servis ushbu cheklovlarni bartaraf etib, naqdsiz to‘lovlarning tezkor va qulayligini ta’minlaydi. 

Halyk Bank POS-tarmog‘ida HUMO tizimi orqali to‘lovlar qabul qilinishining kengayishi – to‘lov tizimimiz xalqaro loyihalarining rivojidagi muhim qadam. Endi HUMO kartalari sohiblari Qozog‘istondagi xaridlar va xizmatlar uchun odatiy to‘lov vositasidan foydalangan holda, qo‘shimcha kartalar va murakkab taomillarsiz to‘lov qila oladilar”,- qayd etdi o‘z navbatida, HUMO boshqaruvi raisining biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Polyanskiy

Halyk Bank uchun bu loyiha to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish va qo‘shni mamlakatlar fuqarolaridan transchegaraviy to‘lovlarni qabul qilishni kengaytirish strategiyasining bir qismi sanaladi. Bank servisning texnologik ishonchliligini, uning masshtablanuvini va to‘lov xavfsizligi talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Halyk’ning O‘zbekistondagi shu’ba banki – Tenge Bank ikki mamlakat moliyaviy yechimlarining muammolarsiz texnologik integratsiyasini ta’minladi. 

Kutilishicha, HUMO tizimi orqali to‘lovlar qabul qilinishining ishga tushishi chakana savdo, FMCG va xizmat ko‘rsatish sohasida aylanmalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek Halyk Bank POS-infratuzilmasining savdo-servis korxonalari uchun jozibadorligini oshiradi.

HUMO haqida

HUMO — O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi bo‘lib, mamlakat ichida naqdsiz hisob-kitoblarni va xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyani ta’minlaydi. HUMO to‘lov infratuzilmasini, biznes va aholi uchun servislar va texnologik yechimlarni rivojlantirib, mamlakat zamonaviy to‘lov ekotizimini shakllantiradi.

Halyk Bank haqida

Halyk Bank — Qozog‘istonning eng yirik universal banki bo‘lib, xususiy mijozlar, kichik va o‘rta biznes va korporativ sektorga keng ko‘lamdagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank aktivlar hajmi va mijozlar bazasiga ko‘ra mamlakatda yetakchi maqomga ega, raqamli servislar va zamonaviy texnologik yechimlarni rivojlantiradi, shuningdek ko‘plab xalqaro bozorlarda, jumladan O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.

Tenge Bank haqida

Tenge Bank — O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xususiy hamda korporativ mijozlarga to‘liq ko‘lamdagi bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi universal bank. Bank 2019 yilda Halyk Bank’ning 100% li shu’ba tuzilmasi sifatida ochilgan bo‘lib, faoliyati xalqaro miqyosda moliyaviy servislarni rivojlantirishga, biznesni va chakana mijozlarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek zamonaviy raqamli yechimlar, jumladan Tenge24 mobil bankingini joriy etishga qaratilgandir.

Sayt | Instagram | Facebook | Telegram | Linkedin

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid